So’nggi yangiliklar

21:23Клейди Даци - ОКМК футболчиси  1 21:14"Фулхэм" 34 млн. фунт эвазига "Арсенал" футболчисини сотиб олади  0 20:45"Барселона" футболчиси "Ал Ҳилол" таклифини рад этди  0 20:14Абдураимов "Нефтчи"га ўтди  1 20:00"BMW" Мбаппега машина совға қилди, лекин...  4 19:39ЎФА Остон Ўрунов ўрнига бошқа футболчини жалб этиш бўйича сўров юборди  25 19:36"Кейлор Навас — "Монца" футболчиси!"  4 19:16"Комо" "Бавария"нинг ёш иқтидори билан шартнома имзолади  1 18:55ФИФА "Қизилқум" клубига нисбатан белгиланган трансфер тақиқини олиб ташлади  1 18:34"Сурхон" собиқ устози Баҳрайннинг 5 карра чемпиони бош мураббийи бўлди  6 18:17Илгиз Танташев бригадаси Олимпиада 3-турида ишлайди  4 17:55"Динамо" Майкон Дуглас билан бир ярим йиллик шартнома имзолади  3 17:41Эшитдик-да! "Пахтакор" футболчиси легионерга айланиши мумкин  19 17:31Ўзбекистон U-16 Хитойдаги халқаро мусобақада иштирок этади  1 17:15Расман: Элдорбек Суюнов - “Навбаҳор” футболчиси!  14

London vs Manchester. Mourino bugun Konteni istefoga chiqarishi mumkin. Prevyu Yangiliklar

London vs Manchester. Mourino bugun Konteni istefoga chiqarishi mumkin. Prevyu

Bugun Angliyada katta futbol bayrami.

Kecha Premer-ligada 11-turga start berilgan edi. Bugun esa turning biryo'la ikkita markaziy uchrashuvi bo'lib o'tadi. Quyida ulardan ikkinchisiga bag'ishlangan prevyuni etiboringizga havola etamiz. Oldinroq, "Manchester Siti" - "Arsenal" bahsiga bag'ishlangan prevyuni etiboringizga havola etgan edik.


APL, 11-tur

"CHelsi" – "Manchester Yunayted"

05.11.2017, 21:30

"Stemford Brij"

Bosh hakam: Entoni Teylor (Manchester)

Haftaning eng asosiy qarama-qarshiligiga muxlislar Toshkent vaqti bilan 21:30dan boshlab guvoh bo'lishlari mumkin. Bu uik-endning eng katta afishali to'qnashuvi. Angliyaning amaldagi chempioni "CHelsi" bu mavsum juda yaxshi ketayotgan "Manchester Yunayted"ni qabul qiladi. Nazarimda, bugungi o'yin uchun "Stemford Brij" biroz kichkinalik qiladigandek. Boisi, ushbu o'yingohga bor yo'g'i 41631 o'rindiqqa ega.

"CHelsi" tarkibida Viktor Mozesda jarohat bor va u bugun aniq o'ynamaydi. SHuningdek, Sezar Aspilikueta kichik jarohat olgandi va uning maydonga tushishi ham so'roq ostida. Qolganlar soppa-sog' va bellashuvga shay.

Londonliklar hafta o'rtasida ECHLda "Roma"dan qaqshatqich zarba qabul qilib olishdi, bu narsa jamoaning ruhiy holatiga tasir ko'rsatishi mumkin. Lekin, Konte ruhiyat bilan bog'liq muammoni bartaraf etishiga ishonish mumkin. Azarning juda yaxshi formaga kirib olgani "aristokratlar"ning hujumdagi variantlarini ko'paytiradi, o'z navbatida himoyadagi yuzaga kelgan muammolar qimmatga tushishi mumkin. Agar, Mozesga qo'shilib Aspilikueta ham o'ynamasa unda "CHelsi"ga oson bo'lmaydi. O'ng qanotga APLga moslashib ulgurmagan Cappakostaning tushishi, markazda esa Keyxill va Luizlarga "Roma" bilan "qovun" tushirgan Rudigering sherik bo'lishi yana muammolar tug'dirishi mumkin.


"Manchester Yunayted" CHempionlar ligasida "Benfika"ni 2:0 hisobida mag'lub etdi va pley-off masalasini deyarli naqd qilib qo'ydi. Xalqaro maydondagi ishonchli odim mankunianliklarga qo'shimcha ishonch bag'ishlaydi. Aynan hozir MYU bugungi raqibidan yaxshiroq holatda.

"Qizil iblislar"ning jarohatlar ustuni hamon mustahkam turibdi. Pogba, Kerrik, Roxo, Ibragimovich hali safga qaytganicha yo'q, birgina Fellayni umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytgan va bugun u maydonga tushishi mumkin. Albatta, Mour buni lozim topsa.

O'tgan turda Mourino shogirdlari "Tottenxem" ustidan juda ham muhim g'alabani qo'lga kiritishdi. Zaxiradan tushganlarning ishonchli o'yini o'sha bellashuvda ham qo'l keldi. De Xea va himoya qo'rg'onining ishonchli o'yinlari sabab MYU joriy mavsum 10ta o'yindan 8tasida nolga o'ynadi - fantastik ko'rsatkich. Pogba va Fellaynilar yo'q paytda Matich va Errera ishonchli o'yin namoyish etib kelishmoqda. Darvoqe, bugun Nemanya Matich o'tgan yilgi klubiga qarshi maydonda saf tortadi. Hujum chizig'ida Mxitaryan, Reshford va Lukaku tushsa kerak. Yana bir muhim jihat, bu jamoalarning o'tgan safargi bahsida "CHelsi"ning asosiy kuchi Eden Azar bilan personal tarzda o'ynagan va yakunda unga hech qanday imkon bermagan Ander Errera "Benfika"ga qarshi uchrashuvda zaxiradan maydonga tushirildi va u 20 daqiqa ham o'ynamadi. Yani, Errera Azarga qarshi to'qnashuv oldidan kuch tejadi.

Hafta to'qnashuvidan oldin Joze Mourino bir qator o'yinchilarga ECHLda dam berdi va bu orqali imkon qadar asosiy o'yinchilar kuchini tejashga harakat qildi. "CHelsi" esa "Roma"ga qarshi og'ir bellashuvda katta kuch yo'qotdi. Lekin, bu shunday o'yinki, unda hafta o'rtasidagi dam yoki charchoq juda katta rol o'ynamaydi. Masalan, bu uchrashuvni "Manchester Siti" - "Arsenal" kabi keskin va tinimsiz hujumlar o'tishiga kafolat ham bera olmaymiz. Boisi, ikki tomon ham natija uchun kerak bo'lsa himoyaviy futbolni afzal biladi. Lekin, baribir bu hafta qarama-qarshiligi bo'lib qolaveradi. Agar, uchrashuv boshi tezkor gollar bilan boshlansa, unda muxlislar tomoshabop o'yin ko'rishlari ham mumkin. Agar bugun Mourino g'alaba qozonsa, unda Konte istefoga chiqarilishi mumkin. Kutamiz va kuzatamiz.



Qiziq:

- "CHelsi" "Manchester Yunayted"ga qarshi Premer-liga doirasida oxirgi 15ta uy o'yinidan faqat bittasida yutqazgan (9 g'alaba, 5 durang, 1 mag'lubiyat);

- "Manchester Yunayted" APLda aynan "CHelsi"ga boshqalardan ko'ra ko'proq yutqazgan (17 mag'lubiyat) va "ko'klar"dan ko'proq gol o'tkazib yuborgan (66ta gol);

- "Qizil iblislar" joriy mavsumdagi gollarining 21 foizini uchrashuvning oxirgi 10 daqiqasida kiritishgan;

- Bu mavsum MYU tarkibida zaxiradan maydonga tushganlar 7ta gol urishdi va 4ta golli pas berishdi. Har ikki yo'nalishda ular etakchi.



Murabbiylar fikrlari:

Antonio Konte ("CHelsi"): "Biz haqiqatda yaxshi jamoa haqida gapirayapmiz, jismonan kuchli klub va bu juda og'ir o'yin bo'ladi".

Joze Mourino ("Manchester Yunayted"): "Bu kuchli raqib bilan jiddiy o'yin bo'ladi. Qarama-qarshilik muhim, chunki unda mamlakatning eng kuchli klublari uchrashadilar. Lekin, hissiyot nuqta-i nazaridan bu shunchaki navbatdagi o'yin".



"Whoscored.com" sayti talqini bo'yicha jamoalarning bugungi o'yinga taxminiy tarkibi.


Angliya Premer-ligasi turnir jadvali >>> APL


Tolibjon Qosimov

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика