London klubi CHemberlenga qiziqish bildirmoqda
26 iyu 2021 19:07
Yangiliklar
London klubi CHemberlenga qiziqish bildirmoqda
Futbolchi "mersisaydliklar" safini tark etishi mumkin.
"Liverpul" yarim himoyachisi Aleks Oksleyd-CHemberlen faoliyatini "Vest Xem"da davom ettirishi mumkin. Xabar qilinishicha, London klubi yozgi transfer oynasi vaqtida futbolchini sotib olish variantlarini ko'rib chiqmoqda.
Angliyalik futbolchi "Liverpul"da asosiy tarkib o'yinchisi hisoblanmaydi, shuning uchun "Vest Xem" taklifini qabul qilishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Oksleyd-CHemberlen "Liverpul"ga "Arsenal"dan 2017 yilda 38 million evro evaziga kelib qo'shilgandi. O'tgan mavsumda u Premer-ligada 13 ta o'yin o'tkazib, bitta gol urgan va bitta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikrlar