So’nggi yangiliklar

02:33ЛаЛига. "Атлетико" ва "Бетис"дан йирик ғалабалар  0 01:58"Милан"нинг Италия Кубоги финалидаги рақиби аниқ бўлди  1 01:00Паслар даҳоси: Хавининг Эл-Класикодаги энг яхши 5 ўйини  3 00:39Райан Гиггз Роналдунинг МЮдаги илк йилларини эслади  6 00:11Бернарду Силва: "У "Манчестер Сити" тарихидаги энг яхши футболчи"  0 23:47"Реал" Винисиуснинг ўрнига футболчи топиб қўйган  5 23:18ЛаЛиганинг апрель ойидаги энг яхши футболчиси маълум қилинди  2 22:53"Бухоро" — "Машъал" учрашуви қаерда бўлади?  3 22:35"Арал" Про-лигада ўз майдонида сўнгги марта қачон мағлуб бўлганди?  0 22:04"Олимпик" илк ғалабасини Қорақалпоғистонда қайд этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 21:46Винисиус Роналду каби маош олишни истамоқда  20 21:17Анри Бундеслигада иш бошлаши мумкин  1 20:52Неъматилло Қуттибоев: "Футболчилар ўйин бошланишидан олдин ғалаба қозондик деган кайфиятда майдонга тушишди"  1 20:22"Реал" "янги Криштиану Роналду"га қизиқмоқда  6 20:02Бинтсиз тез ёрдам, қулфланиб қолган эшик, кечиккан суҳандон - ПФЛ 3 клубга жарима солди  6

“Lokomotiv”ning sobiq futbolchisi Diego Bardanka: “O'zbekiston - Tailand o'yinida durang bo'ladi” Yangiliklar

“Lokomotiv”ning sobiq futbolchisi Diego Bardanka: “O'zbekiston - Tailand o'yinida durang bo'ladi”

Yodingizda bo'lsa 2021 yilgi mavsumda Toshkentning “Lokomotiv” klubi ispaniyalik futbolchi Diego Bardankani o'z safiga qo'shib olgandi, ammo futbolchi mavsum yarmida klubga moslashib ketolmagani sababli jamoani tark etgan edi.

Hozirda futbolchi Tailandning "Buriram Yunayted" klubida faoliyat olib bormoqda. Biz Tailan milliy terma jamoasiga qarshi bahsdan oldin u bilan bog'landik.

— Siz ko'p davlatlarda faoliyat olib bordingiz. Qaysi davlat sizga ko'roq yoqdi va nima uchun?


— Rostini aytsam, men faoliyat yuritgan har bir mamlakatda zavq olib, o'sha davlatlarni o'rgandim. Men boshqa madaniyatlarni, tillarni va tarixlarni kashf qilganimdan juda baxtliman, chunki bu narsalar mening o'sishimga juda katta tasir qildi. Futbol tarafdan qaraydigan bo'lsam, men OCHL va Evropa ligasida ishtrok etdim, kuboklar yutdim. Ammo faoliyatimda qiyin lahzalar ham bo'ldi: jarohatlar, klub tomonidan maosh to'lanmasligi, quyi ligalarga tushib ketish, biroq bularning hammasi meni hozirgi shaxs timsolida bo'lishimga sababchi bo'ldi. Mening parchalarim Ispaniya, Finlyandiya, Polsha, Serbiya, Sloveniya, Filippin, O'zbekiston va Tailandga tegishli.




— O'zbek futboli va umuman O'zbekiston haqida qanday fikrdasiz?

— O'zbekiston men yashagan eng go'zal davlatlardan biri hisoblanadi. Bu davlat ertakka o'xshaydi. CHunki Samarqand, Xiva, Buxoro va Toshkentni shunchaki tariflashga til ojiz. Men bu erlarga borib mazza qildim va Islom dini, o'zbek madaniyati, tili, ovqatlari haqida juda ko'p narsalarni o'rgandim. O'zbek xalqi juda mehmondo'st, muloyim va mehnatkash ekan. O'zbek futboli haqida hamma ga bir xil narsani aytaman. O'zbekiston Superligasini hali hamon tomosha qilishni yoqtiraman, chunki o'zbek futbolchilarining potenciali juda yuqori, aqlli, kuchli va tez ekan. Bu yilgi mavsum o'tgan yilgidan ko'ra qiziqroq bo'ladi deb o'ylayman. O'tgan mavsumlarda “Paxtakor” yaqqol karvonboshi bo'lgan edi, ammo bu yilgi mavsumda “Nasaf”, “Navbaxor”, AGMK, “So'g'diyona” va “Qizilqum” jamoalari “Paxtakor”ga etarlicha qarshilik qilib, chempionlikka davogarlik qilayotganini ko'rish maroqli.

— Tailand futbolini tasvirlab bera olasizmi?

— Tailandda texnik taraflama kuchli futbolchilarni uchratsa bo'ladi, chunki bu erda ham futbol yildan-yilga kuchayib bormoqda. Tailand ligasi, milliy jamoa va futbolchilar rivojlanish yo'lida borlarini berishmoqda. Ammo Tailand futbolini tomosha qilganda yuqori temp sabab futbolchilarda katta-katta xatolar bo'lib turadi. Mening jamoam “Buriram Yunayted” kabi juda kam klublar Tailand ligasida etakchilik qilishadi va o'yin davomida to'pni nazorat qilish evaziga biz uchrashuvni yutamiz. Biz hujumlarni orqa frontdan, yani himoyadan tashkil qilishga harakat qilamiz.

— Yaqinda siz Filippin fuqaroligini qabul qildingiz, bu qanday sodir bo'ldi?

— Filippin — o'z qadriyatlariga va tarixiga ega bo'lgan mamlakat. Men uchun bu davlatni sharafini ximoya qilish g'urur.




— Tailand va O'zbekiston o'rtasidagi uchrashuvda kim favorit deb o'ylaysiz?


— Nima bo'lgan taqdirda ham O'zbekston milliy terma jamoasi o'z uyida — Namanganda ishtirok etmoqda va ular favrit hisoblanishadi. Namanganlik muxlislar stadionda aql bovar qilmas atmosferani yaratishadi va bu milliy jamoangizga juda katta ustunlik beradi. Albatta, O'zbekiston milliy jamoasida iqtidorlar talaygina va bu o'yin juda qiziq bo'lishi aniq. Tailand jamoasi ham juda yaxshi shakllangan va futbolchilari juda tez yugurushadi, ammo, jamoanging asosiy Narubadin, Supachai va Supachok kabi futbolchilari jamoa bilan birga emas. Bu ular uchun juda katta yuqotish. SHunga qaramay Tailand milliy jamoasida Tiraton kabi Osiyoning eng kuchli chapaqaylaridan biri bor. Mening o'ylashimcha, o'yin durang bo'ladi.


Nikolay Egorichev suhbatlashdi

Uchqun Azimov tarjima qildi.

Reyting: -9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика