“Lokomotiv”ning olti nafar futbolchisi MTJga chaqirildi
14 avg 2015 19:21
Yangiliklar
“Lokomotiv”ning olti nafar futbolchisi MTJga chaqirildi
O'zbekiston milliy terma jamoasi (MTJ) jahon chempionati saralash bosqichida 3 va 8 sentyabr kunlari ikkita rasmiy o'yin o'tkazdi.
Mana shu o'yinlar uchun “Lokomotiv” futbol klubidan olti nafar futbolchi milliy terma jamoaga taklif etildi.
Bular – Ignatiy Nesterov, Islom To'xtaxo'jaev, SHavkat Mullajonov, Sanjar SHoahmedov, Jasur Hasanov (katta) va Temurxo'ja Abduxoliqov. Samvel Babayan boshqaruvidagi terma jamoamiz navbatdagi yig'inini 27 avgustdan boshlaydi. Demak, shu kundan etiboran “Loko”ning olti futbolchisi to 9 sentyabrga qadar MTJ ixtiyorida bo'ladi.
Fikrlar