"Lokomotiv"ning OCHLdagi taqvimi qanday?

Mirjalol Normatov
27 noya 2018, 14:21
Kecha "Lokomotiv" o'z maydonida "Paxtakor"ni mag'lub etib, chempionlikni rasmiylashtirdi.

Bu orqali jamoa OCHL-2019dagi guruhini aniqlab oldi. Unga ko'ra, "temiryo'lchilar" liganing B guruhida qatnashishadi. Raqiblar: "Al Ittihod" (Saudiya Arabistoni), "Al Vahda" (BAA). Yana bir raqibi pley-off o'yinlaridan keyin ma'lum bo'ladi. Ushbu yo'llanma uchun "Ar Rayyan" (Qatar), "Saypa" (Eron) va "Minerva Punjab" (Hindiston) kabi jamoalar kurash olib borishadi.

Demak, OCHL-2019dagi taqvim shunday ko'rinish oldi:

1-tur. 4 mart (dushanba)
"Al Ittihod" - Pley-off g'olibi
"Lokomotiv" - "Al Vahda"

2-tur. 11 mart (dushanba)
Pley-off g'olibi - "Lokomotiv"
"Al Vahda" - "Al Ittihod"

3-tur. 9 aprel (seshanba)
Pley-off g'olibi - "Al Vahda"
"Al Ittihod" - "Lokomotiv"

4-tur. 22 aprel (dushanba)
"Al Vahda" - Pley-off g'olibi
"Lokomotiv" - "Al Ittihod"

5-tur. 7 may (seshanba)
Pley-off g'olibi - "Al Ittihod"
"Al Vahda" - "Lokomotiv"

6-tur. 21 may (seshanba)
"Lokomotiv" - Pley-off g'olibi
"Al Ittihod" - "Al Vahda"

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: lokomotiv.uz