So’nggi yangiliklar

01:23Суҳроб Иззатов: "Бир метрдан очиқ дарвозага ҳам тўп кирмаяпти"  1 00:54Зоир Жўрабоев: "Суперлигада учта гол урганман ва уларнинг барчаси "Бунёдкор" дарвозасидан ўрин олган"  0 00:39Луис Качорри: "Бугун "Бунёдкор" билан ўз майдонимиздаги сўнгги ўйиним бўлиши мумкин"  0 00:17Одил Ҳамробеков биринчи даврада унга энг кўп қийинчилик туғдирган футболчи кимлигини айтди  0 00:09Клублар ўртасидаги ЖЧ-2025. "Фламенго" - "Бавария" баҳсининг асосий таркиблари маълум қилинди  3 23:48Элдор Мойлиев: "Яккакурашларда ютқазсангиз, ҳеч қанақа тактика ёрдам бермайди"  0 23:33Михаил Еремчук: "Ғалаба учун аввало футболчиларга раҳмат"  2 23:30Суперлига. "Бухоро" ва "Бунёдкор"дан камбэк  1 23:14Иван Бошкович: "Ҳеч кимнинг бошини ёрмоқчи эмасман. Биз бундай ҳолатларга тайёр бўлиб боряпмиз"  3 22:56Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ "Интер Майами"га имконият қолдирмади  166 22:45Илёс Зейтуллаев: "Бундай ажойиб ҳиссиётларни фақатгина футбол бера олади. Носир Абдусаломовни ўтган йилдан бери кузатиб келаман"  2 22:15Осиё Кубоги саралаши. Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Шри-Ланкани 10:0 ҳисобида тор-морт этди. Нилуфар Қудратовадан "покер"  1 21:55Суперлига. "Бухоро" камбек амалга ошириб, "Шўртан"ни мағлуб этди   13 21:18Моуриньюга "Манчестер Сити" ҳимоячиси керак  0 20:56"Бунёдкор" суперкамбэк эвазига "Сўғдиёна"ни мағлуб этди  15

"Lokomotiv"ning dastlabki o'rtoqlik uchrashuvidagi raqibi "Glazgo Reynjers" haqida nimalarni bilamiz? Yangiliklar

"Lokomotiv"ning dastlabki o'rtoqlik uchrashuvidagi raqibi "Glazgo Reynjers" haqida nimalarni bilamiz?

3 yanvardan BAA poyxati Abu Dabida qishki o'quv-mashg'ulot yig'inini olib borayotgan "Lokomotiv" ertaga, 11 yanvar kuni yangi yil hisobidan dastlabki o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.

"Temiryo'lchilar"ning ilk raqibi SHotlandiyaning eng nomdor klublaridan biri "Glazgo Reynjers" bo'ladi. "Glazgo Reynjers" ayni paytda Dubayda mashg'ulot o'tkazyapti va mavsumning ikkinchi yarmiga tayyorgarlik ko'rmoqda. Ertangi bahs Dubaydagi "Sevens" stadionida bo'lib o'tadi va mahalliy vaqt bilan 15:00 (Toshkent vaqti 16:00)da boshlanadi. Xo'sh, "temiryo'lchilar"ning ushbu raqibi haqida nima deyish mumkin?

 

- "Glazgo Reynjers" 1872 yil tashkil topgan bo'lib, SHotlandiyaning eng ko'p sovrin yutgan jamoasi hisoblanadi. Bu jamoa o'z tarixida 54 marta chempionlikni nishonlagan, shuningdek 33 bor Kubokni qo'lga kiritgan. "Reynjers" uy uchrashuvlarini Glazgodagi 50,817 muxlisga mo'ljallangan "Aybroks" stadionida o'tkazadi.

- Bundan tashqari bu jamoa 1972 yil Kubok egalari Kubogida zafar quchgan, 2008 yil bo'lib o'tgan UEFA Kubogi finalida o'ynagan. "Glazgo Reynjers" o'tgan mavsum ichki chempionatda ikkinchi o'rinni egalladi. CHempionlik "Seltik"ka nasib etdi. 

- Bu mavsum jamoa hozircha turnir jadvalida ikkinchi o'rinda boryapti. Glazgoliklar 19 o'yinda 50 ochko to'plashdi, peshqadam "Seltik" hisobida esa 52 ochko bor. Qolaversa "Reynjers" ashaddiy raqibidan bitta kam o'yin o'tkazgan. 

- Jamoa bosh murabbiyi barchamizga yaxshi tanish Stiven Jerrard hisoblanadi. Angliyalik mashhur sobiq futbolchi 2018 yildan beri ushbu jamoani boshqarib kelyapti.

 

- 39 yoshli murabbiy futbolchilik paytida "Liverpul" sardori bo'lish bilan birga qator yutuqlarni qo'lga kiritgan. Ayniqsa 2004/2005 yilgi mavsumda UEFA CHempionlar ligasi finalida "Milan" mag'lub etilishi Jerrard hayotida o'chmas iz qoldirgan. 

- Murabbiylik faoliyatini boshlaganiga ko'p bo'lmagan Jerrard SHotlandiyaning dekabrdagi "Eng yaxshi murabbiyi" deb topildi va tegishli sovrinni qabul qilib oldi.

 

- "Glazgo Reynjers" safida bir nechta taniqli futbolchilar to'p tepadi. SHular orasida eng mashhuri Jermeyn Defo. Bundan tashqari jamoada Jon Flanagan, Endi King, Skott Erfild, Stiven Devis kabi futbolchilar ham bor.

- SHotland klubining Dubaydagi yig'ini olti kunga mo'ljallangan. "Loko" bilan o'yindan so'ng jamoa yana SHotlandiyaga qaytib ketadi.

- "Lokomotiv" esa 14 yanvar kuni Xitoyning "Jiangsu Suning" jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

Reyting: -6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика