So’nggi yangiliklar

02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  0 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  5 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  10 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  6 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3 20:55Ханси Флик: "У жамоа учун жуда муҳим футболчи"  1 20:33Пеп Гвардиола Энцо Маресканинг истеъфоси ҳақида: "Менинг омадим келган"  5 19:59"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги вингерга кўз тикди  0

“Lokomotiv”dan aprel yakunlari Yangiliklar

“Lokomotiv”dan aprel yakunlari

Teglar :  LokomotivAprel
Futbol bo'yicha ushbu mavsum ham borgan sari qizg'in pallaga kirib bormoqda. Quyida “Lokomotiv”ning aprel oyida o'tkazgan o'yinlari xususida fikr yuritamiz.

“Temiryo'lchilar” o'tgan oyda oltita bahsda maydonga tushishdi. Jamoa ikki bor Osiyo chempionlar ligasida ishtirok etgan bo'lsa, to'rt marta Oliy ligada kurash olib bordi.

“Lokomotiv”ning aprel oyidagi o'yinlari:



Oliy liga. 6 aprel. “SHo'rtan” – “Lokomotiv” – 2:0



OCHL. 11 aprel. “Lokomotiv” – “Istiqlol” – 1:1



Oliy liga. 15 aprel. “Lokomotiv” – “Nasaf” – 2:1



Oliy liga. 21 aprel. “Paxtakor” – “Lokomotiv” – 1:2



OCHL. 25 aprel. “Lokomotiv” – “Al Taavon” – 4:4



Oliy liga. 29 aprel. “Lokomotiv” – “Obod” – 7:0

Bo'lib o'tgan o'yinlarda “Lokomotiv” uch marta g'alaba qozonib, ikki bor durang o'ynadi va bitta uchrashuvda mag'lub bo'ldi. “Loko” futbolchilari mana shu oltita bellashuvda 16ta gol urib, o'z darvozalaridan 9ta to'p o'tkazib yuborishdi.

Jamoaning 16 goliga quyidagi futbolchilar mualliflik qilishdi:

Marat Bikmaev – 9 gol
Jaloliddin Masharipov – 3 gol
Murod Bobojonov – 2 gol
Sardor Mirzaev – 1 gol
Ikrom Aliboev – 1 gol

Oyning etiborga molik voqealari:

– “Loko” hujumchisi Marat Bikmaev o'tgan oyda 9ta gol urishga erishdi. U oliy ligada 5ta, CHempionlar ligasida to'rtta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

– “Lokomotiv” ketma-ket ikki o'yinda Oliy liganing ikki kuchli jamoasini bir xil hisob bilan mag'lub etdi. Uyda “Nasaf”, safarda “Paxtakor” 2:1 hisobi bilan mag'lub etildi. Har ikkala uchrashuvda kiritilgan to'rt golga Bikmaev mualliflik qildi.

– Afsuski, OCHLda ikkita o'yin o'tkazgan “Lokomotiv” ikkalasida ham durang qayd etdi. Avvaliga “Istiqlol” bilan 1:1 o'ynalgan bo'lsa, keyin “Al Taavon”ga qarshi bahs 4:4 natijasi bilan yakun topdi.

– Aprelning oxirgi kunlarida “Lokomotiv” o'z maydonida “Obod”ga qarshi bahs olib borib, 7:0 hisobida zafar quchdi. Va bunday natija “Loko” tarixida ikkinchi bor qayd etildi. “Temiryo'lchilar” birinchi marta 2015 yil “So'g'diyona”ni aynan shu hisob bilan mag'lub etishgandi.

– Va nihoyat qishki mavsumda jamoamiz safiga kelib qo'shilgan Murod Bobojonov “Loko” libosida o'z gollari sonini ochishga muvaffaq bo'ldi. U “Obod” bilan kechgan bellashuvda ikkita gol urishga erishdi. Unga keyingi o'yinlarda ham omad tilab qolamiz.

– 29 aprel kuni bo'lib o'tgan bellashuvda jarohat olgan ikki futbolchimiz Salamat Qutiboev va SHuhrat Muhammadiev yana safga qaytishdi. Bungacha Qutiboev oxirgi marta “SHo'rtan” bilan o'yinda, Muhammadiev esa Eronda “Istiqlol”ga qarshi maydonga tushgandi.

– Bu yil hisobidan Mamur Ikromov birinchi marta “Loko” darvozasini qo'riqladi. U “Obod” bilan o'yinda o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Qolaversa, penalti qaytarishga muvaffaq bo'ldi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика