So’nggi yangiliklar

08:13ЦСКА директори Файзуллаев трансфери ҳақида гапирди  0 07:48Мираброр Усмонов хотира турнири. Бугун чемпион аниқланади  2 00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  6 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  6 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  4 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  11 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  3 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0

"Lokomotiv"da klub matbuot kotibiga etibor yo'qmi? Yangiliklar

"Lokomotiv"da klub matbuot kotibiga etibor yo'qmi?

Bugun "Lokomotiv" jamoasi Saudiya Arabistonida "Al Hilol"ga qarshi maydonga tushadi.
Osiyo chempionlar ligasining 1-turidan o'rin olgan ushbu bahsga qiziqish juda yuqori. Yaxshi bilasiz, "Al Hilol" nafaqat Saudiya Arabistoni, balki Osiyoning ham eng ko'zga ko'ringan klublaridan biri hisoblanadi. Bu jamoa o'tgan yil OCHL finaliga qadar etib borib, ikki o'yin natijasiga ko'ra, Avstraliyaning "Vestern Sidney" klubiga mag'lub bo'ldi. Bunday jamoa bilan o'ynash hammaga ham nasib qilavermaydi.

Quraning tushganiga qarang, "Lokomotiv" OCHLdagi ilk uchrashuvini "Al Hilol"ga qarshi, bo'lib ham safarda o'tkazadi. Lekin shunday o'yinga klub o'zi bilan matbuot kotibini olib ketmadi. Bu esa OCHL reglamentiga zid hisoblanadi. Negaki OCHL reglamentida yozilishicha, har qanday jamoa o'zi bilan safar o'yinlariga matbuot kotibini ham olib borishi shart (!). "Lokomotiv" esa o'zi bilan matbuot kotibini olib ketmagani uchun jamoa u erda nima qilyapti, futbolchilarning holati qanday, kechagi o'yinoldi matbuot anjumani qanday kechdi, bu haqda muxlislar tayinli axborotga ega bo'lishmayapti.

Kecha o'tkazilgan matbuot anjumanida "Loko" ustozi Vadim Abramov savollarga bir amallab ingliz tilida o'zi javob qaytardi. Agar o'sha erda klub matbuot kotibi Abror Qodirov bo'lganida Abramovning inglizchada qiynalib gapirishiga hojat qolmasdi. CHunki Abror Qodirovning ingliz tilidan xabari bor va bemalol tarjima qila oladi. Bundan tashqari, Abramov jamoa himoyachisi Islom To'xtaxo'jaevga tarjimonlik ham qildi. Faraz qiling, Abramov ingliz tilini bilmaganida nima bo'lardi? Klubning sharmanda bo'lgani qolardi. SHunday qilib "Lokomotiv" tayyor matbuot kotibi o'rniga aslida "Xalqaro bo'lim"da ishlayotgan Sardor Akramovni matbuot kotibi sifatida OCHL ro'yxatidan o'tkazdi, biroq uni ham olib ketmadi.

Bundan tashqari, rahbariyatdan ko'pchilik Saudiya Arabistoniga jo'nab ketgan. Xususan, rahbarlar orasida bugungi o'yinga aloqasi bo'lmagan kishilar ham ayni paytda Ar Riyodda bo'lib turishibdi. OCHL reglamentiga binoan safar o'yinlariga klub o'zi bilan murabbiylar shtabidan tashqari jamoa menejeri va matbuot kotibini olib ketishi lozim. Malumki, "Lokomotiv"da To'labek Akramov jamoa menejeri, Abror Qodirov esa klub matbuot kotibi hisoblanadi. Ular Malayziyada tashkil qilingan seminarda ham ishtirok etishgan. Ammo nima uchundir To'labek Akramovdan farqli o'laroq Abror Qodirov olib ketilmadi.

Biz bu yoqda futbol muxlislar uchun deya harqancha og'iz ko'pirtirib gapirmaylik, u yoqda "Lokomotiv"dek hurmatli klubning qilgan ishi hech bir qonun-qoidaga to'g'ri kelmaydi. Albatta, "Lokomotiv"da hozir pul bor va kimni xohlasa o'shani olib ketadi, ammo u yoqdan turib muxlislarga axborotni kim etkazadi? Bosh murabbiyning o'zimi yo sport direktorimi? Balki birorta massajchi yoki bo'lmasa administrator xabar va yangiliklarni klub saytiga yozib turar?

X.Xoliqov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика