Lokomotiv yuzinchi g'alabaga yaqinlashmoqda
23 mar 2014 11:37
Yangiliklar

Lokomotiv yuzinchi g'alabaga yaqinlashmoqda
Lokomotiv klubi shu kungacha Oliy ligada 250ta uchrashuv o'tkazgan edi.
O'zbekiston XXIII milliy chempionati 1-turida Navbahor mehmoni bo'lgan temiryo'lchilar milliy chempionatlarimiz tarixida o'zlarining 251-o'yinini o'tkazishdi. Kosonsoydagi yutuq esa Lokomotivning Oliy ligadagi hisob bo'yicha 97-g'alabasiga aylandi. Demak, yana uchta g'alabadan so'ng Lokoning O'zbekiston chempionatlaridagi zafarli o'yinlari soni 100taga etadi. Bu hodisa katta ehtimol bilan 4-turda sodir bo'lishi mumkin.
Darvoqe, Lokomotiv yana bitta yubiley ostonasida turibdi. Hujumchi Ivan Nagaevning Navbahor darvozasiga kiritgan gol temiryo'lchilar uchun Oliy ligadagi 342-to'p sifatida tarixdan joy oldi. Demak, yana 8ta goldan so'ng Lokomotiv kiritilgan gollar bo'yicha 350talik dovonni zabt etadi. SHuningdek, yana ikki yutuq mamlakat vice-chempionlariga Oliy ligada jamg'arilgan ochkolar sonini ham 350taga etkazish imkonini beradi. Navbahorga qarshi o'yinni ham qo'shib hisoblaydigan bo'lsak, Vadim Abramov shogirdlari hisobida ayni paytda 344 ochko borligi oydinlashadi.

Fikrlar