"Lokomotiv" yanvarda Dubayda yig'in o'tkazadi
26 noy 2015 17:49
Yangiliklar


"Lokomotiv" yanvarda Dubayda yig'in o'tkazadi
Keyingi mavsumga katta rejalar qo'yayotgan Toshkentning "Lokomotiv" jamoasi dastlab 16 dekabr kuni klub qarorgohida yig'iladi. Yangi yilgacha mashg'ulotlar shu erda olib boriladi.
9-22 yanvar kunlari esa "temiryo'lchilar" BAAning Dubay shahrida o'quv-mashg'ulot yig'inini tashkil etishadi. Yig'in davomida bir nechta o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazish ko'zda tutilgan. SHunlardan biri 15 yanvar kuni Xitoy superligasi vakili "Xenan Jiane" klubiga qarshi bo'lib o'tadi. Malumot uchun, bu jamoa yakuniga etgan mavsumni Xitoy chempionatida beshinchi o'rinda tugatdi. "Lokomotiv"ning qolgan raqiblari esa hozircha aniq emas.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar