So’nggi yangiliklar

22:08Гвардиола де Брюйнени "Сити"даги келажаги ҳақида гапирди  0 21:46Амирбек Бакаев Беларуснинг бошқа бир клубига ўтди  0 21:15"Машъал" ганалик ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  2 20:48"Навбаҳор" беш нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  1 20:27Доменико кетди, Тибо қайтмоқда  0 20:02Элдор Шомуродов – А Серия 26-тур рамзий терма жамоасига киритилди  8 19:42Федерико Вальверде жароҳат туфайли кубок ярим финалида майдонга туша олмайди  2 19:10"Аҳмоқона тақвимни инобатга олсак, ишларимиз жуда яхши кетмоқда"  8 18:45"Манчестер Сити" ёзда МЮ қизиққан дарвозабонни сотиб олмоқчи  2 18:17Гвардиола Абдуқодир Ҳусановни мақтади  25 17:48"Милан" ЕЧЛга чиқа олмаса, етакчилар клубни тарк этади   3 16:58Расман: Френсис Нарх ва Достонбек Турсунов "Хоразм" сафига қўшилди!  9 16:33"ЦСКАнинг янги базаси — Европа стандартлари аналоги"  1 16:07ЎФА "Навбаҳор"дан трансфер тақиқини олиб ташлади. Клуб қарзларини 29 мартгача ёпмаса ОФК лицензиясини ололмайди  8 15:49"Қизилқум" Грузия клубини йирик ҳисобда таслим қилди  0

"Lokomotiv" yangi futbolchilarni tanishtirdi FOTO Yangiliklar

"Lokomotiv" yangi futbolchilarni tanishtirdi FOTO

Teglar :  Lokomotiv
Bugun Toshkentning "Lokomotiv" klubi yangi mavsumdan oldin yangi futbolchilarni tanishtirdi.
Unda klub bosh direktori o'rinbosari To'labek Akramov, jamoa boshlig'i Qobir Yunusov, murabbiylar Mirko Yelichich va Andrey Miklyaev qatnashishdi. Tadbirni klub bosh direktori o'rinbosari To'labek Akramov ochib berdi:

“Lokomotiv” o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'yib keladigan jamoa. Bu yil ham rejalarimizga o'zgartirish kiritilgani yo'q. Birinchi navbatda ichki chempionatda g'olib chiqmoqchimiz. Klub tarixida hozircha O'zbekiston chempionligi yo'q. O'tgan yil O'zbekiston kubogida yarim finalga qadar etib bordik, chempionatda ham oxirgi turga qadar g'oliblik uchun kurashdik. Futbolda g'alaba va mag'lubiyat doim yonma-yon yuradi. Biz murabbiylar shtabiga barcha sharoitlarni yaratib berdik deb o'ylayman.

Katta maqsadlarni qo'ygan klub tarkibni ham kuchaytirishi kerak. SHu bois ham selekciya ishlarini olib bordik va jamoani tark etganlar o'rni yanada tajribali futbolchilar bilan to'ldirildi. O'z akademiyamiz tarbiyalanuvchilarimiz asta sekin bosh jamoa safiga qo'shilishmoqda. O'tgan yil ijarada o'ynagan bir qator o'yinchilar ham klubimiz ixtiyoriga qaytib kelishdi.

Joriy mavsum klub Osiyo chempionlar ligasida ishtirok etadi. O'tgan yil biz guruh bosqichidan chiqa olmagandik. Avvalgi xatolarni takrorlamasdan maksimal darajada uzoqroqqa borishga harakat qilamiz. Buning uchun barcha sharoit etarli deb o'ylayman. Futbolchilarning ham xalqaro tajribalari bunga etarli”, - deydi To'labek Akramov.



“BAAda ikkita yig'in o'tkazdik. Futbolchilarning jismoniy holati qoniqarli darajada. Yoshlar ham tajribali o'yinchilar ham birdek ishlashdi. Qishki yig'inlarda jamoaviy o'yinni kuchaytirishga urindik. O'tgan yil chempionlik uchun bizga bir qadam etishmadi. Bu yil yanada kuchliroq o'ynashimiz kerak. Bizni uzoq va qiziqarli mavsum kutib turibdi”, - deydi Mirko Yelichich.

- Yangi mavsumda jamoaning natijalariga kim javob beradi?
To'labek Akramov:
- “Lokomotiv”ning natijalariga Mirko Yelichich javobgar bo'ladi. Aynan u bosh murabbiy sifatida ishlaydi.

- “Al Ittihod” bilan o'yinga stadion qanchalik tayyor?
Qobil Yunusov:
- “Lokomotiv” stadioni mavsumga to'liq tayyor. Muxlislar uchun ham yaxshi sharoitlar yaratib berishga urinamiz. Dushanba kundan boshlab o'yin chiptalari sotuvga chiqadi. Barcha o'yinlarni “Lokomotiv” stadionida o'tkazishga harakat qilamiz. Lekin bu mavsumda ham bazi o'yinlarni TTYMI stadionida o'tkazamiz. U erdagi stadion ham barcha talablarga javob beradi.

- Jamoaning himoya chizig'i eng kuchsiz deyishmoqda. Bunga qanday qaraysiz?
Mirko Yelichich:
- Kim bunday deganini bilmayman. Ammo aynan himoya chizig'imiz. Bu chiziqda tajribali futbolchilar bor. Bundan tashqari yarim himoyachilar orasida ham himoyada o'ynay oladigan o'yinchilar ko'p. Kapadze, Aliboev va Mirzaev shular jumlasidan.

- Transferlardan ko'nglingiz to'ldimi?
Mirko Yelichich:
- Biz markaziy hujumchi olmoqchi edik. Ammo bir qator legionerlarni ko'rikdan o'tkazdik. Ko'p o'yinchilar bizga maqul kelishmadi. Masalan, dekabr oyida Jilbert Kumson kelgandi. U sog'ligi bilan muammo tufayli yurtimizni tark etdi. Qolgan legionerlar esa mahalliy futbolchilardan ustun emasligi bois ularga javob berdik.

- “Flitvud Taun” bilan hamkorlik davom etadimi?
To'labek Akramov: - Albatta hamkorlik davom etadi. Ularning ikki nafar futbolchisi O'zbekistonga kelishi kerak edi. Ammo hujjatlar bilan muammo yuzaga kelgani uchun bu amalga oshmay qoldi. Biroq avgust oyida jamoa murabbiylari yana O'zbekistonga kelib o'rtoqlik uchrashuvini kuzatib 2-3 nafar futbolchini tanlab olib Angliyaga malaka oshirish uchun olib ketishadi. Hamkorlikni murabbiylar orasida ham olib borishga harakat qilamiz.

- Yangi kelgan futbolchilarga tarif bera olasizmi?
Andrey Miklyaev:
- Tarkibimizga kelgan yangi futbolchilarning barchasi professional hisoblanadi. Barchasi oliy ligada bir necha yil o'ynashgan. Doniyor Usmonov, Quvondiq Ro'ziev va Xurshid Muxtorov kabi o'yinchilar o'tgan yil ijarada o'ynab to'laqonli mavsumni o'tkazishdi. Menimcha yangi futbolchilarning barchasi bizga katta yordam berishadi.

- Marketing borasida qanday ishlar olib borilmoqda?
To'labek Akramov: - Bu borada ishlar olib borilmoqda. Hozircha bolalar maktabi va akademiyadagi xarajatlarni qoplash uchun etarli bo'lmoqda. Yaqin yillar ichida asosiy tarkibga etadigan mablag' topamiz deb umid qilamiz.

Savol-javobdan so'ng rahbariyat yangi futbolchilarga yangi formalarni topshirdi.  Fayzievga 37, Jeparovga 8, Abdullaevga 7 va Maxaradzega 5-raqamli futbolkalar taqdim etildi.



Tadbir so'nggida jamoaning yangi futbolchilari o'z fikrlari bilan o'rtoqlashishdi.
Server Jeparov:
- O'tgan yil so'nggida “Ulsan Xyunday” klubi bilan shartnomam tugagandi. Menda xorijdan takliflar bo'lmagani uchun yurtimga qaytishga qaror qildim. “Lokomotiv”dan tushgan taklifni qabul qildim va shu erdaman (kuladi). Avstraliya klubiga o'tishim haqida chiqqan xabarlar shunchaki mish-mish edi. O'z vaqtida oliy liga to'purari bo'lgandim. Bu yil ham agar imkoniyat bo'lsa albatta bunga harakat qilaman. 19ta emas undan ham gol urishga urinaman.

Sadriddin Abdullaev: - Aslida men bu jamoada o'ynagandim. Malayziyadagi faoliyatim tugagach yana “Lokomotiv”ga qaytishga qaror qildim. Malayziyaga uch nafar futbolchi yo'l oldi. To'g'risi u erga men ham qolganlar ham moliyaviy tomonlarini o'ylab yo'l olishmoqda. O'zbekiston va Malayziya chempionatining saviyasida juda katta farq bor.

SHerzod Fayziev: - “Mashal” bilan shartnomam tugagach Toshkent klubidan taklif tushgandi. Jamoa o'z oldiga katta maqsadlarni qo'ygani uchun va OCHLda o'ynashni hisobga olib “Lokomotiv”ga o'tishga qaror qildim. Niyatim jamoaga foyda keltirish.

Kaxi Maxaradze: - Menda ham “Paxtakor” bilan shartnomam tugagandi. “Lokomotiv”dan menga taklif tushdi va buni qabul qildim. Jamoaga tez qo'shilib ketdim. Oldingi “Lokomotiv” va hozirgi “Lokomotiv” o'rtasida katta farq bor. Men o'ynagan paytda jamoa 6-7-o'rinlarda yurardi. Hozir esa maqsad faqat chempionlik.

Narzulla Saydullaev
Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика