So’nggi yangiliklar

10:47Шерзод Эсанов: «Биз Андижон халқи ва »Андижон« мухлислари учун бор кучимизни майдонда берамиз»  4 10:20«Манчестер Сити»нинг ёзги асосий трансфер мақсади маълум  2 09:52Англия клублари 9 йил аввалги нохуш натижани такрорлашди  1 09:26Иброҳимҳалил Йўлдошев: «Осиё кубогига келишим жуда қийин бўлди»  3 09:01Клопп жамоасини Европа лигасидан чиқиб кетгани ҳақида фикр билдирди  2 08:36Ўзбекистон кубоги. Бугун 2-турга старт берилади  0 08:10Футзал. Бугун терма жамоамиз 2-турда майдонга тушади  0 07:47«Байер» навбатдаги рекордни ўрнатди   5 07:05U-23 Осиё кубоги. Иордания - Қатар 1:2   0 07:00U-23 Осиё кубоги. Индонезия - Австралия 1:0   0 06:55Европа лигаси. "Марсель" - "Бенфика" 1:0 (Пенальтилар 4:2)   0 06:50Европа лигаси. "Рома" - "Милан" 2:1   0 06:45Европа лигаси. "Аталанта" - "Ливерпуль" 0:1   0 06:40Европа лигаси. "Вест Хэм" - "Байер" 1:1   0 03:36ЕКЛ. Ярим финал иштирокичилари маълум  2

"Lokomotiv" yangi futbolchilarni tanishtirdi Yangiliklar

"Lokomotiv" yangi futbolchilarni tanishtirdi

Toshkentdagi "Orient Finans Bank" majlislar zalida "Lokomotiv" yangi mavsum oldidan o'z tarkibiga qo'shib olgan futbolchilarning tanishtiruv marosimini o'tkazdi.

Ushbu tadbirni "Lokomotiv" bosh direktori o'rinbosari To'labek Akramov hamda bosh murabbiy Andrey Fyodorov ochib berishdi.

To'labek Akramov: - Barchani yangi mavsum bilan tabriklayman. Barcha jamoalarga omad tilayman. "Lokomotiv" 2019 yilning dekabridan buyon yangi mavsumga tayyorgarilk ko'rmoqda. Jamoa BAAda o'qush-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazishdi. Unda biz OCHL pley-off bahsiga tayyorgarlik vazifasini o'tab berdi. Afsuski, o'yinda omadimiz kelmadi. Alamli mag'lubiyatga uchradik. Umuman olganda jamoamiz shundan so'ng bir necha sinov-nazorat o'yinlarini o'tkazdi. Xatolar ustida ishladik, murabbiylar shtabi ham muammolarni ko'rib chiqishdi.


Andrey Fyodorov: - Xayrli kun. "Lokomotiv" ushbu mavsumda umuman boshqacha ko'rinishga ega bo'ladi. Jamoamiz matbuot ko'z o'ngida yangi mavsumga tayyorlandi. Jamomiz yana yangicha ko'rinish olmoqda. Garchi ko'plab futbolchilar jamoani tark etib, yangilar olingan bo'lsa-da, mavsumdagi vazifalarimiz o'zgarmaydi. Yangi futbolchilarning sifatlari anchagina yuqori va ular jamoani kuchaytira olishadi. Biz yig'inlar davomida yoshlik va tajribani uyg'unlashtirishga intildik. Jamoani kim boshqarsa ham, kimlar o'ynasa ham, bizning maqsadlarimiz o'zgarmaydi. Sovrinlar yutish - "Lokomotiv"ning asosiy vazifasi.



- "Lokomotiv"ni qishda Islom To'xtaxo'jaev tark etgandi. Lekin bilishimcha ayni paytda erkin agent. U jamoaga qaytishi mumkinmi?
Andrey Fyodorov:
- Islom dekabrda Xitoyga ketgandi. U borasidagi vaziyatni kuzatib bordik. U jamoamiz tarkibida mashg'ulotlarni davom ettirdi. Hozirda ham u Xitoy chempionatining boshlanishini kutmoqda. U o'z kuchini boshqa chempionatda sinab ko'rmoqchi.

- Bikmaev, Maxaradze kabi sobiq futbolchilarning yana jamoaga qaytarishga nima sabab bo'ldi?
- Ularning mahorati sabab bo'ldi. Jamoaga tajribali futbolchilar kerak. Boshida aytgandim. Bizga tajriba va yoshlik o'rtasidagi balans kerak. Ular o'yindagi holatni ushlab tura olishadi.

- Tojikistonlik futbolchi borasidagi ish qanday yakun topdi?
- Alisher Jalilov bilan muzokaralar olib bordik. U bilan maoshini kelisha olmadik. Oybekni biz ancha vaqtdan buyon kuzatib bordik. U hozirda o'zining yuqori jismoniy holatida. U shu orqali jamoaga katta foyda keltira olishi mumkin. Bizga sifatli futbolchilar kerak. Bu borada biz rahbariyat bilan doimo muloqotdamiz va har tomonlama o'ylab ko'rib ish qilamiz.

SHundan so'ng jamoaga kelgan 10 nafar yangi futbolchi tanishtirildi

SHahzod SHaymanov: - Assalomu alaykum. "Lokomotiv"ga kelganimdan xursandman. Klub rahbariyati menga taklif bilan chiqishdi. Ko'p o'ylamasdan men bunga rozilik berdim. "Lokomotiv" doimo o'z oldiga katta maqsadlar qo'yadi. SHu boisdan biz "Lokomotiv"ga chempionlik uchun yordam berishga tayyormiz.

Davron Umirov: - Murabbiylar shtabidan menga taklif bilan chiqishdi. Xudo xohlasa, g'alabaga erishib, chempionlikni qo'lga kiritib, kelasi mavsumda OCHLda qatnashishni istaymiz.

Kaxi Maxaradze: - "Lokomotiv"ga qaytganimdan, ular menga bunga imkoniyat yaratishganidan xursandman. "Lokomotiv" mening uyim. Bu erni yaxshi ko'raman.


Kirill Pogrebnyak: - "Lokomotiv" bilan bir maqsad yo'lida birlashdik. Bundan xursandman. Yuqori natijalarga erishishga intilamiz.
Akam Nikolay bilan gaplashdim. U bu erda yaxshi jamoa borligini, maqsadlar yuqoriligini aytdi va "Lokomotiv"ni taklif qildi. Ha, uning "Lokomotiv"dagi faoliyati unchalik omadli bo'lmadi. Biroq futbolda bunday holat bo'lib turadi.

Slavko Damyanovich: - Hammaga salom. O'zbekistonning eng kuchli jamoalaridan biriga kelganimdan xursandman. "Lokomotiv" yaxshi jamoa. 2 mobaynida chempionatga qattiq tayyorgarlik ko'rdik. Hammamiz chempionlik uchun kurashyapmiz. Men ham o'zimni ko'rsatishga intilaman.

Marat Bikmaev: - Barchasi yaxshi bo'ldi. "Paxtakor" bil shartnomam yakunlangandi. Hammasi oddiy. "Lokomotiv"ga erkin agent sifatida qaytdim. Jonajon jamoam. Kuchim qolguncha "Lokomotiv" uchun kurashishga tayyorman.


Kamron Saydazimov: - "Lokomotiv"dan taklif bo'lganida o'ylab ham o'tirmasdan ijobiy javob berdim. "Lokomotiv"ning oldidagi maqsadlarini etiborga olsak, bu men uchun oldinga katta qadam tashlash bo'ladi. AGMK bilan shartnomam tugagandi. "Lokomotiv" tarkibida esa men asosiy futbolchi bo'lishga intilaman.

Abdul Aziz Yusupov: - "Surxon" bilan shartnomam yakunlangandi. "Lokomotiv"ning taklifi menga yoqdi. Xudo xohlasa "Lokomotiv"ning oldidagi yuqori maqsadlarini bajarishda o'zimizning yordamimizni berishga tayyormiz.

Raqobat barcha joyda bor. To'g'ri, "Lokomotiv"da hujumchilar juda kuchli. Raqobat o'z o'rnida futbolchilarga o'sishga katta yordam beradi.


Oybek Qilichev: - "Lokomotiv"dagilar menga ishonch bildirishganidan mamnunman. CHempionlik oldimizga maqsad qilib qo'yilgan. Biz har tomonlama bu vazifani bajarish uchun intilamiz.

Ha, o'tgan yili ilk golni men urgandim. Bu yil bu golni qanday nishonlashim borasida o'ylab ko'rmadim. Oldin golni urib olay, keyin o'ylab ko'raman.

SHerzod Fayziev: - "Lokomotiv" menga begona emas. Uyim, oilam, barchasi shu er bilan bog'langan. Rahbariyat menga katta ishonch bildirdi. Endi ularning ishonchini oqlash kerak.


"Temiryo'lchi"ga aylangan 10 nafar o'yinchilar quyidagi raqam ostida harakat qilishadi:

SHerzod Fayziev - 37
Oybek Qilichev - 70
Kirill Pogrebnyak - 9
Marat Bikmaev - 10
Komron Saydazimov - 22
Abdul Aziz Yusupov - 23
SHahzod SHaymanov - 4
Slavko Damyanovich - 5
Davron Umirov - 6
Kaxi Maxaradze - 7



Narzulla Saydullaev

Foto: Jahongir Fayzullaev


Reyting: -95   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика