So’nggi yangiliklar

12:27Эшитдик-да! "Нефтчи" Ўзбекистон МТЖнинг икки аъзосига қизиқмоқда  5 12:06"Манчестер Сити"га янги келган Шерки: "МЮни йўқ қилиш учун улар билан ўйинни кутяпман"  11 11:39Симеоне: "Энрике таркибни кучайтириши керак бўлганида, ПСЖ вингер учун 70 млн евро сарфлади"  2 11:11Гравина: "Гаттузо – Италия футболининг рамзи"  0 10:41“Арсенал“ 19 ёшли футболчи учун курашда “Челси“ни "енгди"  6 10:08ПСЖ украиналик футболчининг трансфери учун қанча сарфлаши маълум  1 09:35ЦСКА вингери Туркия клубига ўтиши мумкин  2 09:04“У футбол ва футбол учун яшайди.“ Карлес Пуйоль Роналду ҳақида  6 08:30Хакан Чалханоглу фаолиятини бошқа жамоада давом эттириши мумкин  0 07:55Суперлига. "Навбаҳор" ва "Хоразм" жамоалари мағлубиятга учради. "Сурхон" ва "Нефтчи" баҳсида эса ҳисоб очилмади  0 07:53Диего Симеоне йирик мағлубият сабабини маълум қилди  21 07:22Клублар ўртасидаги ЖЧ. Яна бир учрашувда ҳисоб очилмади  2 02:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ "Атлетико"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, мадридликлар ўйинни бир киши кам бўлиб тугатишди  24 01:10Февзи Давлетов: "Ўйинга тузган режамиз иш берди, аммо бироз реализация етишмади"  6 01:01Виталий Левченко: "Ғалаба қозониш учун гол уриш керак"  12

Lokomotiv xabarlari: MST oliy ligada nechta gol urdi? Yangiliklar

Lokomotiv xabarlari: MST oliy ligada nechta gol urdi?

Oliy ligada ushbu mavsum ham yakuniga etdi. O'z tarixida birinchi bor mamlakat chempionligini qo'lga kiritgan Lokomotiv eng ko'p gol urgan hamda o'z uyida umuman yutqazmagan jamoa bo'ldi.

Temiryo'lchilar bu yilgi chempionatda 77ta gol urishning uddasidan chiqishdi. Lokomotiv gol urish borasida eng yaqin taqibchisi Nasafni 17 golga ortda qoldirdi. Qarshiliklar hisobida 60ta gol bo'ldi.

Lokomotivning 77 golidan 47tasi jamoada to'p tepayotgan ajoyib uchlik MSTga tegishli. Avvalo MST nima degani? M - Marat (Bikmaev), S - Sardor (Mirzaev) va T - Temurxo'ja (Abduxoliqov). Qisqa qilib aytganda, MST. (Barsada MSN (Messi - Suares - Neymar) bo'lsa, bizda MST (Marat - Sardor - Temurxo'ja).

Demak, aytib o'tganimizdek, 77 goldan 47tasi MSTga tegishli ekan. Bilasiz, bu yilgi oliy ligada Temurxo'ja Abduxoliqov 22ta gol bilan chempionat to'purari bo'ldi. Sardor Mirzaev 13, Marat Bikmaev esa 12 bor raqiblar darvozasiga to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi.

Temurxo'ja o'z raqamiga mos ravishda birinchi davrada 11ta, ikkinchi davrada ham shuncha gol urdi. Sardor Mirzaev birinchi davrada 6ta, ikkinchi davrada esa 7ta gol urishning uddasidan chiqdi. Marat Bikmaevga kelsak, terma jamoamiz azosi birinchi davrada 5 bor, ikkinchi davrada esa 7 bor to'p kiritishga erishdi.

CHempionat to'purari Temurxo'ja Abduxoliqov bir o'yinda xet-trik qayd etib (Mashal bilan bahs), to'rt marta dublga erishdi: Andijon, Nasaf, Navbahor, So'g'diyonaga qarshi o'yinlarda. Sardor Mirzaev ikki bor dublga erishdi: Navbahor va Olmaliq bilan o'yinda. Marat Bikmaev esa uchta bellashuvda dubl muallifi bo'ldi: Neftchi va Olmaliq bilan kechgan ikkala uchrashuvda.

Quyida Lokomotivning Oliy liga-2016da gol urgan barcha futbolchilari ro'yxatini keltirib o'tamiz.

Temurxo'ja Abduxoliqov - 22 gol
Sardor Mirzaev - 13
Marat Bikmaev - 12
Sanjar SHoahmedov - 7
Server Jeparov - 7
Timur Kapadze - 4
Kaxi Maxaradze - 3
Oleg Zoteev - 3
Islom To'xtaxo'jaev - 2
Ikrom Aliboev - 1
Artur Gevorkyan - 1
Sadriddin Abdullaev -1
Izoh: 11-tur Lokomotiv - Buxoro bahsida raqib darvozaboni Muhiddin Xudoyorov o'z darvozasiga to'p kiritib qo'ygan.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика