So’nggi yangiliklar

11:00"Милан" футболчиси фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттиради  0 10:31Холанд автобусдан тушаётганда жароҳат олди  3 10:05Уругвай терма жамоаси аъзоси "Неом"га ўтмоқда  0 09:37Гвардиола "Ман Сити"дан қайси футболчининг кетганидан афсусда эканлигини айтди  1 09:12Лига "Локомотив" стадионидаги қурилиш ишлари билан танишди  0 08:41Эржан Токотаев: “Ўзимни анча яхши ҳис қиляпман”  1 08:08Бугун финал!  7 07:40ФИФА президенти юртимизга етиб келди  14 07:18ЖЧ-2026 саралаш босқичи. Белгия Қозоғистонни, Испания Туркияни "янчиб" ташлади  10 00:17Амир Ғалинои: "CAFA'да қатнашмаслик ҳақида хат ёздик, лекин шартларимиз қабул қилинмади"  25 23:40Мемфис Депай Нидерландия терма жамоаси тарихида энг яхши тўпурарга айланди  5 23:12ЖЧ-2026 саралаш босқичи. Нидерландияда қийин ғалаба, Грузия Болгариядан устун келди  1 22:23Ўртоқлик учрашуви. Россия меҳмонда Қатардан устун келди  14 22:00Ҳаким Зиеш "Севилья"га ўтиши мумкин  1 21:30Ромелу Лукаку декабргача майдонга қайтмайди  1

Klublar nima sababdan yosh o'yinchilarni sotishdan ko'proq daromad olishadi? Yangiliklar

Klublar nima sababdan yosh o'yinchilarni sotishdan ko'proq daromad olishadi?

Akademiyani bitirgan o'yinchilarni sotish futbol klublari uchun moliyaviy oltin konini hosil qilishi mumkin.

Bunday foydaning asosini amortizaciya deb ataladigan buxgalteriya usuli tashkil etadi. Unda biznes aktiv qiymatini uzoq muddat davomida taqsimlaydi.

Xarajatlarni taqsimlash uchun amortizaciyadan foydalanish - bu futbol klublari qita musobaqalari va milliy chempionatlar, jumladan Premer-liganing foyda va barqarorlik qoidalariga rioya qilish uchun qo'llaydigan usuldir.


Klub yangi o'yinchini sotib olganda nima sodir bo'ladi?

Klublarning moliyaviy hisobotlarida o'yinchilar aktiv sifatida ko'rsatiladi. Har bir o'yinchining amortizaciya qilingan qiymati mavjud.

Futbolda klublarning yangi o'yinchilar uchun to'lagan transfer to'lovlarini amortizaciya qilish (taqsimlash) odatiy amaliyotga aylandi.

Masalan, agar yangi o'yinchi to'rt yillik shartnoma asosida 80 million funt sterlingga sotib olinsa, amortizaciya natijasida bu to'lov klub hisobotlarida to'rt yil davomida har yili 20 million funt sterling sifatida qayd etiladi.

Amortizaciya yordamida xarajatlarni uzoqroq muddatga taqsimlash klublar uchun o'z hisobotlarida ko'proq mablag' ajratish imkonini beruvchi usuldir.

Bu esa ularga bir transfer oynasida yangi o'yinchilarga ko'proq mablag' sarflash imkonini beradi, chunki moliyaviy hisobotlarga ko'ra, ular to'lashga rozi bo'lgan transfer to'lovlarining to'liq qiymati ancha keyinroq hisobga olinadi.


Futbolchi sotilganda nima bo'ladi?

Futbolchi xaridlarining vaqt davomida taqsimlanishidan farqli o'laroq, ularning sotilishi odatda bir yillik hisobotlarda to'liq aks ettiriladi.

Klubda ro'yxatda turgan har bir o'yinchining amortizaciya qiymati har yili pasayib boradi.

Keling, misol tariqasida to'rt yillik shartnoma asosida 80 million funt sterlingga sotib olingan futbolchini ko'rib chiqaylik. Ikki yil o'tgach, futbolchining klub hisobidagi amortizaciya qiymati 40 million funt sterlingni tashkil etadi. O'sha yozgi mavsumda u 50 million funt sterlingga sotiladi.

Garchi bu raqam klub ikki yil oldin to'lagan summadan 30 million funt sterlingga kam bo'lsa-da, klubning moliyaviy hisobotlarida bu 10 million funt sterling foyda sifatida qayd etiladi, chunki u futbolchining 40 million funt sterlinglik amortizaciya qiymatidan yuqori.


Yosh futbolchilarning transfer narxi nima uchun qimmat?

Yosh o'yinchilarning amortizaciya qiymati avtomatik ravishda juda past bo'ladi, chunki ularga dastlab deyarli hech qanday transfer to'lovi to'lanmaydi. Ular qaysi narxda sotilmasin, bu mablag'ni hisobotlarda deyarli "sof foyda" sifatida ko'rsatish mumkin.

SHunday qilib, hisobotlar nuqtai nazaridan, "CHelsi"ning Konor Gallaxerni o'tgan yozda "Atletiko Madrid"ga 33 million funt sterlingga sotishi, Romelu Lukakuning "Napoli"ga 30 million funt sterlingga ketishiga qaraganda ancha qimmatbaho bo'ldi. Sababi, Gallaxer akademiyadan etishib chiqqan bo'lsa, Lukaku juda yuqori transfer narxida sotib olingan edi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика