“Lokomotiv-W” qizlarida koronavirus aniqlanmadi
10 iyu 2020 20:04
Yangiliklar
“Lokomotiv-W” qizlarida koronavirus aniqlanmadi
Avvalroq “Lokomotiv-W” ayollar jamoasi joylashgan mehmonxonada koronavirus infekciyasiga chalingan fuqaro aniqlangani va jamoa shu bois zudlik bilan izolyaciyaga olingani haqida xabar bergan edik.
SHu tufayli, Oliy Liga 2-turidan o'rin olgan “Bunyodkor-W” – “Lokomotiv-W” uchrashuvi boshqa muddatga qoldirilgan edi. SHu kuniing o'zida jamoa koronavirus infekciyasi uchun test topshirgan va jamoa joylashgan “Lokomotiv” mehmonxonasida karantinga olingan.
Malum bo'lishicha, bugun jamoa vakillaridan olingan test javoblari elon qilingan va ularda virus aniqlanmagan. SHu bois, bugunning o'zida “Lokomotiv-W” klubi ushbu mehmonxonadan to'liq tarkibda CHirchiq shahridagi "Zerom" mehmonxonasiga ko'chib o'tgan. Jamoa ayni damda ushbu mehmonxona yaqinidagi “Kimyogar” stadionida mashg'ulot o'tkazishni rejalashtirmoqda.
Fikrlar