So’nggi yangiliklar

00:30Левандовски: "Мбаппе - "Барселона" учун қўшимча мотивация"  3 00:00Назорат учрашувида "Пахтакор" "Машъал"га мағлуб бўлди  1 23:45"Челси" билан музокара ўтказган Кьеза "Тоттенхэм"га ўтиши мумкин  0 23:11"Арсенал" ҳужумчи борасида яна Италия клубига мурожаат қилди  1 22:44Мбаппе Франция клубининг бошқарув акциялари пакетини сотиб олади  0 21:55"Насаф" яна бир трансфер ҳақида эълон қилди  4 21:35"Арсенал" 45 млн. еврога ҳимоячи сотиб олди  2 21:23Клейди Даци - ОКМК футболчиси  5 21:14"Фулхэм" 34 млн. фунт эвазига "Арсенал" футболчисини сотиб олади  1 20:45"Барселона" футболчиси "Ал Ҳилол" таклифини рад этди  1 20:14Абдураимов "Нефтчи"га ўтди  2 20:00"BMW" Мбаппега машина совға қилди, лекин...  4 19:39ЎФА Остон Ўрунов ўрнига бошқа футболчини жалб этиш бўйича сўров юборди  39 19:36"Кейлор Навас — "Монца" футболчиси!"  4 19:16"Комо" "Бавария"нинг ёш иқтидори билан шартнома имзолади  1

"Lokomotiv" uchinchi bor Superkubokda o'ynaydi Yangiliklar

"Lokomotiv" uchinchi bor Superkubokda o'ynaydi

23 fevral kuni o'zbek futboli tarixida beshinchi marta O'zbekiston Surperkubogi uchun bahs o'tkaziladi.

Bunda O'zbekistonning amaldagi chempioni "Lokomotiv" o'tgan yilgi O'zbekiston Kubogi sohibi AGMKga qarshi bahs olib boradi. Malumot o'rnida shuni aytishimiz mumkin, mazkur Superkubok O'zbekiston futboli tarixida beshinchisi bo'ladi. SHanba kuni "Paxtakor" markaziy stadionida kechadigan bahs 16:00da boshlanadi.

SHuni aytish lozim, beshinchi bor tashkil etiladigan Superkubok "Lokomotiv" uchun uchinchisi bo'ladi. O'zbekiston Superkubogi ilk bor 1999 yil o'tkazilgan bo'lib, bunda "Navbahor" "Paxtakor"ni 4:2 hisobida mag'lub etgan. Tarixdagi ilk Superkubok o'sha yili Farg'onada o'tkazilgandi.

SHundan so'ng 14 yil tanaffus yuzaga kelib Superkubok uchun bahs o'tkazilmadi. Faqat 2014 yildan boshlab yana yo'lga qo'yila boshlandi va "Jar" stadionida kechgan bahsda Toshkentning ikki klubi "Bunyodkor" va "Lokomotiv" o'zaro bahs olib bordi. Bunda "Bunyodkor" ham chempion, ham Kubok sohibi, "Lokomotiv" esa ikkinchi o'rin egasi sifatida ishtirok etgandi.

"Lokomotiv" o'z tarixida birinchi marta 2014 yil Superkubokda o'ynagan. O'ziga yarasha qiziq kechgan bellashuvda "temiryo'lchilar" 1:2 hisobida yutqazib qo'yishgandi. Quyida uchrashuv protokolini keltirib o'tamiz.

O'zbekiston Superkubogi. 2014 yil 

7 mart, juma. Toshkent. "Jar" stadioni
"Lokomotiv" (Toshkent) – "Bunyodkor" (Toshkent) 1:2

"Lokomotiv": 1. Ignatiy Nesterov, 3. Evgeniy Gogol, 4. Bobur Yo'ldoshev, 8. Akmal Xolmatov (77. Jasur Hasanov, 46), 10. Farhod Tojiev (23. Ivan Nagaev, 46), 16. Jasur Hasanov, 19. Islom Inomov (18. Fozil Musaev, 71), 22. Viktor Karpenko, 30. Dilshod Jabborov, 88. Lutfulla To'raev, 99. Vyacheslav SHevchenko.

"Bunyodkor": 25. Murod Zuhurov, 2. Akmal SHorahmedov, 4. Xayrulla Karimov, 6. Anvar G'ofurov, 8. Javlon Ibrohimov, 11. Oleksandr Pishur, 16. Karles Koto (21. Sardor Rashidov, 60), 24. Bahodir Pardaev (7.Alibobo Rahmatullaev, 76), 27. Sardor Sobirxo'jaev, 33. Oleg Zoteev (14. Vohid SHodiev, 65), 40. Sergey Simonenko.

Gollar: Oleksandr Pishur 26, - 0:1. Vohid SHodiev 66, - 0:2. Vyacheslav SHevchenko 78, - 1:2. 

Hakamlar: Ravshan Ermatov, Abdulhamid Rasulov (O'zbekiston), Bahodir Qo'chqorov (Qirg'iziston), Aziz Asimov (Toshkent).


2014 yil "Lokomotiv" O'zbekiston Kubogini qo'lga kiritadi va 2015 yilgi O'zbekiston Superkubogida ishtirok etadi. Bu safar "temiryo'lchilar" "Paxtakor"ga qarshi bahs olib borishadi.

"Bunyodkor" (hozirgi "Milliy") stadionda kechgan bahsda "Lokomotiv" 4:0 hisobida zafar quchadi. O'yinda Lutfulla To'raev, Temurxo'ja Abduxoliqov, Ruslan Koryan va Marat Bikmaev tomonidan kiritilgan gollar "Loko"ga yirik g'alabani taqdim etgandi.

O'zbekiston Superkubogi. 2015 yil

8 mart (yakshanba). Toshkent. "Bunyodkor" stadioni.
"Paxtakor" (Toshkent) – "Lokomotiv" (Toshkent) 0:4

"Paxtakor": Aleksandr Lobanov, Egor Krimec, Adnan Oraxovac, Kaxi Maxaradze, Jamshid Iskanderov, Igor Sergeev, Navro'z Alimov (Akbar Ismatullaev, 46), Aleksandr Merzlyakov, Davronbek Hoshimov, Stanislav Andreev (Jaloliddin Masharipov, 58), Vladimir Kozak (SHerzod Karimov, 56).

Zaxira: Nikita Ribkin, Akbar Ismatullaev, Murod Xolmuhammedov, SHerzodbek Karimov, Jaloliddin Masharipov, Javohir Sohibov, Bahodir Pardaev.

"Lokomotiv": Mamur Ikromov, Nemanya Yanichich, Islom To'xtaxo'jaev, Salim Mustafoev, Temur Kapadze (Jasur Hasanov, 56), Jasur Hasanov (kichik) (SHavkat Mullajonov, 59), Oleg Zoteev, Lutfulla To'raev, Sardor Mirzaev, Ruslan Koryan (Marat Bikmaev, 78), Temurxo'ja Abduxoliqov. 

Zaxira: Sardor Qobuljonov, SHavkat Mullajonov, Marat Bikmaev, Sanjar SHoahmedov, Alisher SHog'ulomov, Damir Koyashevich. 

Gollar: Lutfulla To'raev (37), Temurxo'ja Abduholiqov (49), Ruslan Koryan (56, penalti), Marat Bikmaev (89). 

Hakamlar: R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), V. Agishev (Toshkent). 


O'zbekiston Superkubogining navbatdagisi 2016 yil o'tkazilgan bo'lib, bunda "Nasaf" "Paxtakor"ni 1:0 hisobida mag'lub etgan. SHundan so'ng orada ikki yil yana uchrashuv o'tkazilmadi. Va mana endi bu yil PFL bitta o'yindan iborat bahs bo'lishini belgilab qo'ydi. Demak, 23 fevral kuni "Lokomotiv" o'z tarixida uchinchi bor Surperkubok uchun maydonga tushadi.

"Lokomotiv" PFK matbuot xizmati.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика