“Lokomotiv” to'xtamoqchi emas, jamoaga “Braga” forvardi kerak
13 avg 2020 20:30
Yangiliklar


“Lokomotiv” to'xtamoqchi emas, jamoaga “Braga” forvardi kerak
“Braga” hujumchisi Paulinyu Diash jamoani tark etishi kutilmoqda.
Portugaliya nashri A Bola'ning xabar qilishicha, “Lokomotiv” bilan bir qatorda ushbu futbolchiga “Lacio”, “Vulverxempton” va “Sporting” ham qiziqmoqda. Uning shartnoma bo'yicha tovon puli 30 mln evro hisoblanadi va “Braga” forvardni ushbu summadan kamiga sotmoqchi emas.
Paulinyu 2017 yildan buyon bragaliklar sharafini himoya etib kelmoqda. U klub libosida 129 o'yinda ishtirok etib, 53+20 natijaga erishgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar