So’nggi yangiliklar

00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:57Африка Миллатлар Кубоги. Жазоир Конго ДР дарвозасига 119-дақиқада ғалаба голини уриб, чорак финалга йўл олди  3 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  12 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  1 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  8 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  2 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  10 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  4

"Lokomotiv" stadioni 2024 yilning ikkinchi yarmida Superliga o'yinlarini qabul qilmaydi Yangiliklar

"Lokomotiv" stadioni 2024 yilning ikkinchi yarmida Superliga o'yinlarini qabul qilmaydi

PFLning malum qilishicha, "Lokomotiv" stadioni 2024 yilning ikkinchi yarmidan Superliga o'yinlarini qabul qila olmaydi.

Professional futbol ligasi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 dekabrdagi “O'zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-5887-sonli Farmoni hamda Osiyo futbol konfederaciyasining licenziyalash talablari asosida stadionlar masalasiga jiddiy etibor qaratib keldi. To'rt yillik reja asosida bugunga kelib Andijon, Namangan, Farg'ona, Yaypan, Olmaliq, Jizzax, Buxoro hamda Toshkent shahridagi 2 ta stadionda maydonning drenaj va sug'orish tizimi, projektorlar yorug'lik darajasi xalqaro uchrashuvlarni qabul qila olish darajasiga etkazildi. Rejaning ikkinchi bosqichida navbat Qo'qon, Bekobod, Samarqand, Navoiy, Termiz shaharlariga kelgan bo'lib, ayni vaqtda mazkur shaharlardagi stadionlar Superliga uchrashuvlarini qabul qila olmaydi. SHundan kelib chiqib, Termiz, Samarqand hamda Qo'qon shaharlaridagi stadionlar maydonida ham tamirlash ishlari boshlandi. Mazkur stadionlar 2024 yilning ikkinchi yarmiga qadar tayyor holga kelishi ko'zda tutilgan.


O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 7-apreldagi “Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-115-sonli Qaroriga muvofiq, Superliga stadionlarini qabul qilishi ko'zda tutilgan stadionlar maydoni uchun aniq mezonlar ishlab chiqilgan bo'lib, o'tgan yilning dekabr oyida Liga mutaxassislari Superliga uchrashuvlari uchun mo'ljallangan stadionlarni ko'zdan kechirib chiqdi.


Superliga maydonlari Liga tomonidan to'liq tekshirib chiqildi

Jumladan, 2023 yilning 10 dekabr kuni Liga mutaxassislari Lokomotiv stadionida ham bo'ldi. Unga ko'ra, 2012 yilda stadionga POA PRATENCE maysasi yotqizilgan bo'lib, uning sifati 5 ballik tizimda 2,5'ga, maysa parvarishi darajasi 4 ballga, chidamliligi esa 3,5 ballga loyiq ko'rilgan. Maysaning butun maydon bo'ylab qoplanganligi hamda maysa rangining asosiy tusdan farqlanishi bir xilda — 50 foizlik ko'rsatkich qayd etgan. Yovvoyi, zararlangan maysalar, zararkunanda hashorotlar mavjud. Drenaj tizimi etarli darajada ishlashdan uzoqlashib bormoqda.


Maysaning butun maydon bo'ylab qoplanganligi darajasi kimda qanday?

Endilikda Prezident Farmon hamda Qarorlari ijrosini taminlashning uchinchi bosqichini amalga oshirish maqsadida, Lokomotiv stadioni 2024 yilning ikkinchi yarmidan boshlab Superliga uchrashuvlarini qabul qilish uchun qo'yilmaydi. Unga qadar Lokomotiv futbol klubi 2024 yilning ikkinchi davrasidan boshlab o'z uy uchrashuvlarini Toshkent shahridagi talabga javob beradigan futbol maydonlaridan birida o'tkazib turishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика