So’nggi yangiliklar

13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  0 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  2 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  0 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  8 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  7 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  10 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  14 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12

"Lokomotiv" shifokori fikrlari bo'yicha O'zPFL munosabati Yangiliklar

"Lokomotiv" shifokori fikrlari bo'yicha O'zPFL munosabati

Teglar :  PFL Abror Pirriev
Milliy terma jamoa va “Lokomotiv” klubidagi faoliyati orqali tanilgan shifokor Abror Pirriev telegramda kanal yuritishni boshladi.

Sport medicinasiga befarq bo'lmagan insonlar mazkur kanalni kuzatib borishlari mumkin.

Kanaldagi so'nggi postda kecha bo'lib o'tgan “Lokomotiv” — AGMK uchrashuvi haqida to'xtalingan. Qorli sharoitda “Lokomotiv” futbolchilari uchun kiyimlarga mos gamashlar tayyorlab qo'yilgani, ammo uchrashuv inspektori hamda komissari bunga ruxsat bermagani yozilgan.

Birinchidan, klub mamuri gamashlar qora ekanini malum qilgan. Kiyim qizil rangda, gamash qora rangda bo'lsa, bu holat “O'yin qoidalari”ga to'g'ri kelmaydi. “O'yin qoidalari (2020-21)”da shunday yozilgan: “shortlar ichidan kiyiladigan kiyimlar shu short va uning pastki qismi bilan bir xil rangda bo'lishi kerak”.

Tushuntirish. Agar ham “Lokomotiv”, ham AGMK futbolchilari bir xilda qora rangli gamashlardan foydalansa, bu futbolchilarning yakkakurashlarida hamda oyoq harakatlarida hakamlarning o'yinni kuzatib borishlariga tasir o'tkazadi. Futbol muxlislari yaxshi biladiki, aynan shu sabab bilan har ikki jamoa getralari ham bir-biridan farq qilishi shart.

Ikkinchidan, O'zPFL komissari mazkur masala bo'yicha klub vakili hamda inspektorni yuzlashtirgan. SHundan kelib chiqilsa, “Lokomotiv” shifokorining komissar bo'yicha munosabati to'g'ri emas. SHifokor bu etiborsizlik uchun komissardan uzr ham so'radi.

“O'yin qoidalari 2020-21” mavsum avvalida tasdiqlangan. Professional klub sifatida “Lokomotiv” bunga tayyor turishi va sovuq kunlar uchun o'z futbolchilariga formalar bilan bir xil rangdagi gamashlarni tayyorlab qo'yishi lozim edi. Boisi, musobaqaning dekabr oyida ham davom etishi avgustdayoq malum edi.

O'zPFL shifokorlar tavsiyalarini diqqat bilan o'rganib chiqishga va futbolchilar salomatligi masalasidan kelib chiqib, bu boradagi takliflarni kiritishga tayyor. Yani, har qanday masalani qayta ko'rib chiqish mumkin. Biroq futbol qoidalariga ham birdek amal qilishi shart. Ayniqsa, o'sha qoidalar yil avvalida tasdiqlab qo'yilgan bo'lsa.

Biz Abror Pirrievning kelgusi faoliyatiga omad tilaymiz hamda avval masalani tushunib, shundan keyingina uni elon qilish to'g'ri yo'l deb bilamiz. Zero bu holat biror tashkilot obro'siga putur etkazishi mumkin. O'zPFL eshiklari barcha shifokorlar va klublar vakillari uchun ochiq, ular o'z takliflarini istalgan vaqtda bildirish imkoniyatiga egalar, - deb yoziladi PFL rasmiy saytida. 

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика