So’nggi yangiliklar

18:34Исак "Ливерпул"га ўтишни истамоқда, "Ньюкасл" эса қарши  0 18:07Гави: "Тер Штеген – клуб афсонаси, уни ҳурмат қилиш керак"  0 17:38"Милан" Влаховични олиш учун ярим ҳимоячисидан воз кечадими?  0 17:10Гонконгга келган Златан Ибрагимович Брюс Ли билан "куч синашди", Гвардиол Хорватия махсус кучлари машғулотида қатнашди, Гвардиола мўйлов қўйди. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  0 16:50Винисиус Жуниор: "Мен кўп нарсага эришдим, лекин орзуларим ҳали тугамаган"  2 16:22"Наполи" "Ювентус" ярим ҳимоячисини сафига қўшиб олмоқчи  0 15:58Суперлига. 16-тур дисквалификациялари: "Нефтчи", "Пахтакор" ва "Андижон"да йўқотишлар бор  1 15:26"Манчестер Юнайтед" ва "Ньюкасл" Шешко учун курашади  1 14:57"Бавария" дарвозабони Улрайх ўғли вафот этганини эълон қилди  0 14:29CAFA турнирида иштирок этадиган терма жамоага бош мураббий тайинланди  2 14:03Трамп Бразилия фуқароларининг ЖЧ-2026га келишига тўсқинлик қилиши мумкин  4 13:34ЦСКА футболчиси Гайич Файзуллаевга Туркиядаги фаолиятини муваффақиятли ўтказишни тилади  2 13:05Пул топишни "Пахтакор"дан ўрганиш керак  18 12:39​Ўзбекистон терма жамоаси тажрибали ҳимоячисига Озарбайжондан қизиқиш бор  2 12:08Ўзбекистон терма жамоаси собиқ аъзоси Гонконгга йўл олмоқда  8

“Lokomotiv” rasmiy murojaat bilan vaziyatga oydinlik kiritadi Yangiliklar

“Lokomotiv” rasmiy murojaat bilan vaziyatga oydinlik kiritadi

8 mart kuni O'zbekiston Supekubogini qo'lga kiritgan “Lokomotiv” futbol klubi, o'z shaniga maqtov va quvvatlovlarni eshitish bilan birga, nomaqbul etirozlarni ham qabul qilishiga to'g'ri keldi.

Xolislik principlarini unuta yozgan ayrim matbuot va televidenie xodimlari vaziyatga bir tomonlama qarab, jamoaning “Paxtakor” ustidan qozongan yorqin g'alabasi bekor qilinib, texnik mag'lubiyat yozilishini targ'ib qilishmoqda.

Asosiy sabab sifatida, Jasur Xasanovning (katta) Superkubok uyini paytida maydonga tushirilgani ko'rsatilib, go'yoki Lokomotiv PFL qoidalarga zid ish tutgandey bo'lib, matbuot va TV dasturlari orqali tanqid ostiga olindi.

Klub rahbariyati va mutasaddilari vaziyatni o'rganib, quyidagi murojaat bilan chiqishga qaror qilishdi. Jasur Xasanov (katta) o'tgan yili O'zbekiston Kubogi final bahsida qizil kartochka bilan jazolanib, bir rasmiy o'yindan chetlatilgan. PFL reglamentiga ko'ra, Kubok o'yinlarida jazolangan futbolchining, jazo muddati faqat Kubok va CHempionat o'yinlariga tasir qiladi. Bu degani Xasanovning Superkubok o'yiniga maydonga tushirilgani PFL qonun – qoidalariga zinhor zid emas va hech qanday etirozlarga sabab bo'la olmaydi. Supekubok o'yinlari katta shou sifatida o'tkazilib, muxlislarning futbolga bo'lgan qiziqishini yanada ortirishga qaratilgan.

Bundan tashqari agar o'yinchi jazoga tortilgan bo'lsa, bu haqda PFL rahbariyati va mamurlari xabardor bo'lishadi va tarkib belgilangan paytda, ogohlantirishi bor futbolchilar haqida klub rasmiylariga malumotnoma yuborishadi. Takidlash joizki, bu kabi ogohlantirish xati, “Lokomotiv” klubiga kelib tushmagan. Bundan tashqari “Lokomotiv” futbol klubi murabbiylar shtabi Superkubok o'tkazilishidan 2-3 kun avval, PFL-ga murojaat qilib, barcha o'yinchilar ro'yxatini reglament qoidalari asosida tasdiqlatib, Xasanov borasida ham oydinlik kiritishgan. Umum xulosalardan kelib chiqib, Jasur Xasanovning Superkubok bahsida ishtirok etishi, Federaciya qoidalari va PFL reglamentiga zid emasligi aniqlangan va masalaning etirozli jihatlariga yakun qo'yilgan.

Qo'shimcha o'rnida shuni aytib o'tish joizki, raqib jamoasi rahbariyati va murabbiyi ruxsati bilan o'yinchilar tarkibga kiritilmaydi va tarkibdan olinmaydi ham, buning uchun, O'zbekiston Futbol Federaciyasi va uning qoshida ish yuritayotgan Professional Futbol Ligasi mutasaddilari mavjud.

“Lokomotiv” futbol klubi o'z muxlislarini ertaga, 12 mart kuni bo'lib o'tadigan O'zbekiston CHempionatining birinch turidan joy olgan Bekobodning “Metallurg” jamoasiga qarshi o'yinda kutib qoladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика