So’nggi yangiliklar

03:46Сергей Лебедев: "Биз вақтни чўзганимиз йўқ"  0 02:00КЖЧ. "Интер" ва "Урава Ред Даймондс" ўртасидаги ўйин тақдирини 90+2 дақиқада урилган гол ҳал қилди  21 00:03"Арсенал" бир сабабга кўра "Реал"дан Родригони сотиб ололмаслиги мумкин  8 23:11КЖЧ. "Боруссия Дортмунд" ва "Мамелоди Сандаунз" ўртасидаги ўйинда еттита гол урилди  0 22:43Фоден мураббий бўлишни хоҳлайди  1 22:03Суперлига. "Навбаҳор" Наманганда ОКМКни йирик ҳисобда мағлуб этди ва жадвалдаги очколар фарқини қисқартириб олди  86 21:38"Милан" ёш испан футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 20:48"Барселона" чемпионлик учун қанча мукофот пули тўлаши маълум бўлди  18 20:18Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Мамелоди Сандаунс" - "Боруссия" Д. Асосий таркиблар маълум!  1 19:59Про-лига. "ФарДУ" тезкор гол эвазига "Олимпик"ни мағлуб қилди  0 19:23"Реал"га Родри керак  9 18:54"Манчестер Сити" Гвардиолага ўринбосар топиб қўйди  9 18:24Энцо Мареска: "Ўйин услубини ўзгартирамиз"  2 17:53Ислом Исмоилов: "Чили ва Боливия билан ўйинлар жуда керакли тажриба бўлди"  8 17:50Мавсумдаги энг яхши ўртача томошабинлар рейтинги эълон қилинди, Жанубий Америка етакчи, "Барселона" 35-ўринда  17

"Lokomotiv": Raqiblarimiz mag'lubiyatga uchrashdi Yangiliklar

"Lokomotiv": Raqiblarimiz mag'lubiyatga uchrashdi

Teglar :  Lokomotivyig'inOCHL
“Lokomotiv”ning Osiyo chempionlar ligasidagi raqibi – Eronning “Sepaxon” klubi navbatdagi mag'lubiyatini qabul qilib oldi.


SHu tariqa Fozil Musaev jamoadoshlari 10-pag'onadan yuqoriga ko'tarila olishmadi.

Turnir jadvalida o'zidan oldinroqda borayotgan “Saypa”ni qabul qilgan “Lokomotiv”ning raqibi 60 hamda 79-daqiqalarda o'z darvozasidan gol o'tkazib yubordi. 92-daqiqaga kelib braziliyalik Lusiano CHimba tomonidan urilgan gol hisobni qisqartirish uchungina xizmat qildi – 1:2.

“Sepaxon” navbatdagi turni 18 fevral kuni 7-pag'onada borayotgan “Traktor Sozi” klubiga qarshi safarda o'tkazadi.

Guruhimizdagi yana bir raqib – BAAning “An-Nasr”i ham o'z milliy chempionatida mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. Ivan Yovanovich shogirdlari 6-o'rinda borayotgan “Al-Vaxda” maydonida imkoniyatni boy berishdi. O'yin taqdirini hal qilgan yagona golni mezbonlar 6-daqiqadayoq kiritib ulgurishgandi.

SHu kuni “An-Nasr” safida to'rt nafar legioner futbolchi harakat qilganini qayd etish kerak. 18 ta o'yinda 32 ochko jamg'argan klub ligada 3-o'rinni egallab turibdi. Peshqadam “Al-Ayn” 14, 2-pag'onadagi “Al-Ahli” 9 ochkoga ilgarilab ketishgan. “An-Nasr” navbatdagi turni 18 fevral kuni o'z maydonida 8-o'rindagi “Dibba Al-Fujayra”ga qarshi o'tkazadi.

“Lokomotiv”ning chempionlar ligasidagi birinchi raqibi “Al-Ittixod” 9 fevral kungi pley-off o'yinidan keyin maydonga boshqa chiqmadi. Saudiya Arabistoni chempionatida 3-o'rinda borayotgan Jidda klubi ertaga 9-pag'onadagi “Al-Faysali” mehmoni bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, “temiryo'lchilar” bugun Xitoy Super ligasi vakili “Tyanczin Teda” bilan durang o'ynashdi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика