"Lokomotiv" Qozog'iston milliy terma jamoasi bilan durang o'ynadi
14 fev 22:33
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/814744_original.jpg)
![](/upload/storage/814744_220.jpg)
"Lokomotiv" Qozog'iston milliy terma jamoasi bilan durang o'ynadi
Turkiyada yangi mavsumga tayyorgarlik olib borayotgan "Lokomotiv" Ali Aliev qo'l ostidagi Qozog'iston milliy terma jamoasi bilan o'rtoqlik o'yinini o'tkazdi.
Unda tomonlar 1:1 hisobida durang qayd etdi. Uchrashuvda jamoamiz tarkibidan golni 86-daqiqada Akaki Shulaya tomonidan kiritildi.
Qayd etish kerak, uchrashuvning birinchi bo'limida Rahimjon Davronov penalti qaytarishga muvaffaq bo'ldi.
Malumot uchun, bu Qozog'iston terma jamoasining Ali Aliev qo'l ostidagi ilk o'yiniga aylandi.
Qozog'iston m.t.j. - "Lokomotiv" 1:1
Gollar: Aybar Jaksilikov (67) - Akaki Shulaya (86-p).
"Lokomotiv": Rahimjon Davronov, Davron Hoshimov, Momchilo Rasho, Anzur Ismoilov, Vladimir Kozak, Ozod O'ktamov, Bobur Asqarov, Levan Arveladze, Nikola Popovich, Shodiyor Shodiboev, Jasur Hakimov.
Zaxiradan tushganlar: Abdulloh Yo'ldoshev, Akaki Shulaya, Quvonchbek Abraev, Muhriddin Zoirov, Farruxbek Muxtorov.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar