So’nggi yangiliklar

02:20Ироқ. Темиров гол урган ўйинда "Арбил" дуранг ўйнади  0 01:02Футзал. Осиё чемпионати бошланди  0 00:58"Ювентус" Сенесини сотиб олмоқчи. Футболчига "Барселона" ва "Атлетико" ҳам даъвогар  0 00:34"Атлетико" Горетцканинг агентлари билан музокара ўтказмоқда  0 00:06Андре Онана собиқ жамоасига қайтиши мумкин  1 23:35Тэмми Абрахам расман АПЛга қайтди  5 23:05Моуринью: "Арбелоа энг севимли ўйинчиларимдан бири эди. Унга босим бегона"  4 22:35"Бунёдкор" назорат учрашувида Косово клубига мағлуб бўлди  0 22:27Эрон. "Трактор" ва "Истиқлол" ўз учрашувларида ғалаба қозонишди  1 21:41Эндрик: "Бу ҳали бошланиши"  0 21:22"Челси" қишдаёқ Стерлинг билан хайрлашишга қарор қилди  0 20:32Пьянич расман фаолиятини якунлади. У Қозоғистон клубига ўтмайди  4 19:53"Бухоро" Руминия жамоаси билан дурангга рози бўлди  2 19:32Ўзбекистон U-16 термаси "Бунёдкор" U-19 жамоасидан устун келди  3 19:13Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Хитойга етиб борди  9

“Lokomotiv” – “Qo'qon-1912” prevyu Yangiliklar

“Lokomotiv” – “Qo'qon-1912” prevyu

7 aprel kuni mamlakatimizning amaldagi chempioni – “Lokomotiv” o'z maydonida “Qo'qon-1912” klubini qabul qiladi.

Turning qiziqarli o'yinlaridan biri sifatida etirof etilayotgan mazkur bahs oldidan ushbu ikki jamoaning o'zaro uchrashuvlari tarixi haqida malumot berib o'tamiz.

Ettinchi to'qnashuv
Ushbu jamoalar shu paytga qadar chempionat doirasida 6 marta to'qnash kelishgan. “Lokomotiv” o'yinlarning 4 tasida zafar quchgan, 2 ta bahsda durang qayd etilgan.
To'plar nisbati – 14-4, “Loko” foydasiga. O'zaro o'yinlarda “Temiryo'lchilar” 14 ochkoni qo'lga kiritishgan. “Qo'qon-1912” ochkosi 2 tani tashkil etadi.

Jamoalarning o'zaro o'tkazgan barcha uchrashuvlari:
25.10.2016 “Lokomotiv” – “Qo'qon-1912” 3:0
17.05.2017 “Qo'qon-1912” – “Lokomotiv” 1:1
14.10.2016 “Lokomotiv” – “Qo'qon-1912” 4:0
30.05.2016 “Qo'qon-1912” – “Lokomotiv” 1:3
16.10.2015 “Qo'qon -1912” – “Lokomotiv” 2:2
24.05.2015 “Lokomotiv” – “Qo'qon-1912” 1:0

375-uchrashuv arafasida
«Qo'qon-1912» jamoasi O'zbekiston chempionatlaridagi 375 -o'yinini o'tkazish arafasida. 13-mavsum kuchlilar safida ishtirok etayotgan qo'qonliklar shu kunga qadar 374 ta uchrashuv o'tkazishga muvaffaq bo'lishdi. SHularning 136 tasida jamoamiz g'alaba qozongan. 50 uchrashuvda g'olib nomi aniqlanmagan. 188 ta o'yinda mag'lubiyatga uchragan. To'plar nisbati 506 – 703. Umumiy ochkolar 458 tani tashkil etadi.

Superliga 5-tur doirasidagi “Lokomotiv” bilan bo'ladigan uchrashuv jamoamizning O'zbekiston chempionatidagi 375-o'yini sifatida tarixda qoladi.

Hakamlar
7 aprel kuni bo'lib o'tadigan “Lokomotiv” – “Qo'qon-1912” uchrashuvini Valentin Kovalenko boshchiligildagi hakamlar boshqarib borishlari oydinlashdi.
Ushbu hakam o'tgan mavsumda  jamoamizning uchta o'yinini boshqargandi. Ularning ikkitasida jamoamiz g'alaba qozongan bo'lsa, bitta bahsda durang natija qayd etilgan.

Superliga
5-tur
“Lokomotiv” – “Qo'qon-1912”
Hakamlar: 
V. Kovalenko (Toshkent), R. SHoyaxmetov (Toshkent), A. Po'latov (Toshkent), A. Xudoyberganov (Toshkent).
Nazoratchi – A. Popov (Toshkent).
Komissar – B. Mametov.
 
Boshlanish vaqti

Mazkur uchrashuv shanba kuni “Lokomotiv” stadionida 18:00da start oladi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика