"Lokomotiv" - "Qo'qon-1912". Jamoalar qanday rangli formada o'ynashadi?
06 apr 2018 13:09
Yangiliklar


"Lokomotiv" - "Qo'qon-1912". Jamoalar qanday rangli formada o'ynashadi?
Bugun Toshkentdagi "Lokomotiv" stadionida , "Lokomotiv" hamda "Qo'qon-1912" jamoalari rasmiylari va PFL vakillari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi.
Yig'ilishda uchrashuv komissari Baxtiyor Mametov jaomalar vakillariga o'yin atrofidagi tartib qoidalarni yana bir bor eslatib o'tdi.
Jaomalar maydonga qanday rangdagi formalarda chiqishlari borasida ham kelishib olindi. Unga ko'ra ertangi bahsda mehmonlar "havorang" sport kiyimlarida maydonga tushadilar. Maydon egalari esa "qizil" rangdagi sport kiyimlarida maydonga tushishadi.
"Qo'qon-1912" jamoasi muxlislariga "Lokomotiv" stadionining 6-sektoridan joy ajratiladigan bo'ldi. Mehmon jamoa muxlislariga bepul chiptalar taqdim qilinadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar