So’nggi yangiliklar

10:50Ўзбекистон МТЖ аъзосига Туркия клуби қизиқиш билдирмоқда  3 10:24Мусиала операция қилинди  2 09:53“Навбаҳор“ футболчиси ОКМКга ўтди  2 09:22“Пахтакор“ вингери фаолиятини “Андижон“да давом эттиради  6 08:51Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Японияга қарши баҳс олиб боради  5 08:20“Пахтакор“ Муҳаммадали Ўринбоевнинг трансферидан қанча ишлаб олди?  8 08:00Суперлига-2025. “Нефтчи” - “Хоразм” 2:0  0 07:48Анхель Ди Мария янги жамоаси билан шартнома имзолади  0 01:12Суперлига-2025. Биринчи давранинг эсда қоларли лаҳзалари  1 00:45IBA раҳбари Кремлёв Смоловнинг жанжали ҳақида: "Футболчиларнинг интизоми билан боксчилар шуғулланиши керак"  0 00:26"Галатасарой" Осимхен учун 50+5 миллион евро таклиф қилди, "Наполи" кўпроқ сўраяпти  3 23:43Виталий Левченко: "Шартномам ноябрда якунига етади"  5 23:18Ҳаким Фузайлов: "Маҳаллий футболчилар Нарх ва Самиевлардан ёмон ўйнашмаяпти"  4 22:52Доннарумма агенти Нойернинг Мусиала жароҳати ҳақидаги сўзларига: "Мануэль 2014 йилда Игуаинни урганда ҳам, жароҳатланиш хавфини билиб турган"  2 22:26Шченсни "Барселона" билан янги битим имзолади  1

"Lokomotiv" portugaliyalik murabbiy boshchiligida Turkiyada yig'in o'tkazadi Yangiliklar

"Lokomotiv" portugaliyalik murabbiy boshchiligida Turkiyada yig'in o'tkazadi

Toshkentning "Lokomotiv" klubi ayni paytda poytaxtda yig'in o'tkazmoqda.

"Temiryo'lchilar" 7 yanvar kuni portugaliyalik mutaxassis Mikael Sekeyrani bilan shartnoma imzolanganini rasman elon qilishgandi. Bugungi kunga kelib klub Sadriddin Abdullaev, Javohir Sidiqov, Islom Qobilov, Sanjar Qodirqulov, Abdumavlon Abdujalilov va Xurshid Muxtorovlar bilan tarkibni kuchaytirib olishga erishdi. Bundan tashqari, kecha ispaniyalik markaziy himoyachi bilan ham muzokara olib borilayotgani haqida xabar bergan edik.

Eshitdik-da: "Lokomotiv"ga ispaniyalik futbolchi keladi

"Lokomotiv" yangi murabbiy qo'l ostida 14 yanvar kuni yig'inni boshlagan. "Championat.asia" olgan malumotlarga ko'ra, jamoa Toshkentdagi ikki haftalik yig'indan so'ng 28 yanvar sanasida ikkinchi yig'inni o'tkazish uchun Turkiya uchib ketadi. Turkiyaning janubida joylashgan Antaliya shahridagi yig'in 28 yanvardan 12 fevralga qadar davom etadi. U erda o'tkaziladigan nazorat o'yinlarida Sekeyra shogirdlariga qaysi jamoalar raqib bo'lishi hozircha aniq emas.


Eslatib o'tamiz, "Lokomotiv" o'tgan mavsumni Superliganing 9-pog'onasida tugatgan. Bu yil esa jamoa jiddiyroq maqsadlar sari qadam tashlamoqda.

P.S. "Championat.asia" xodimlari "Lokomotiv"ning bugungi mashg'ulotini yoritish uchun yo'l olishgan, tushdan so'ng mashg'ulotdan suratlarni tomosha qilishingiz mumkin.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика