Lokomotiv PFKda futbol qoidalari bo'yicha seminar o'tkazildi
01 fev 2014 20:49
Yangiliklar

Lokomotiv PFKda futbol qoidalari bo'yicha seminar o'tkazildi
Lokomotiv futbol klubi shu kunlarda Osiyo CHempionlar ligasi saralash o'yinlariga qizg'in hozirlik ko'rmoqda.
Zero, temiryo'lchilar jamoasi oldiga qitamiz klublari o'rtasida eng nufuzli turnirda munosib qatnashish vazifasi qo'yilgan. Bir o'yindan iborat pley-off bosqichida arzimas xato ham jamoa uchun qimmatga tushishi mumkin. Agar bu xato futbol o'yini qoidalari bilan bog'liq bo'lsa, bundan yomoni yo'q. Bu o'rinda futbolchilar o'yin qoidalarini qay darajada bilishi ham muhim ahamiyat kasb etadi. SHu bois Lokomotiv futbol klubi O'FFning Hakamlar va nazoratchilar boshqarmasi bilan hamkorlikda jamoa azolari uchun futbol o'yini qoidalari va undagi o'zgarishlarga bag'ishlangan seminar tashkil qildi.
Dastavval jamoa bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov yig'ilganlarga ushbu seminarning qanchalik muhimligi haqida qisqacha to'xtalib o'tdi va futbolchilardan seminarga etiborli bo'lishlarini so'radi. SHundan so'ng milliy toifadagi hakam Aleksandr Popov Lokomotiv jamoasi azolariga futbol qoidalaridagi so'nggi o'zgarishlar, ayniqsa keyingi paytlarda ko'p bahs-munozaralarga sabab bo'layotgan ofsayd, yani o'yindan tashqari holat qoidalari haqida malumot berdi. FIFA tomonidan ushbu qoidaga kiritilgan o'zgarishlar bilan tanishtirdi va buni aniq misollar vositasida, o'yinlardan olingan videolavhalar yordamida ko'rsatib berdi. SHuningdek, qanday holatda to'p qo'l bilan o'ynalgan, deb hisoblanishi va shunga o'xshash boshqa holatlar bo'yicha ham tushuntirish berib o'tdi. Qizg'in bahs-munozaralar ostida o'tgan seminar Lokomotiv jamoasi azolariga masuliyatli o'yinlar oldidan foydali bo'ldi.

Fikrlar