So’nggi yangiliklar

00:47МЮ Мактоминейни АПЛнинг бошқа бир клубига сотмади  0 00:35Кьеза фаолиятини Англияда давом эттиришга яқин турибди  1 00:05"Динамо" Жаҳонгир Ўрозов ва Муҳаммадали Турсуновни ўз таркибига қўшиб олди  0 23:30Жоау Канселунинг кейинги манзили Саудия Арабистони бўладими?  0 22:55Ханс-Дитер Флик: "Ямалнинг оёғи ердан узилмаслиги керак"  1 22:15ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  52 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  1 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  5 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  14 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3

Lokomotiv PFK Temurxo'ja Abduxoliqovga omad tilaydi Yangiliklar

Lokomotiv PFK Temurxo'ja Abduxoliqovga omad tilaydi

O'zbekiston chempionatining 2016 yilgi mavsum to'purari, Lokomotiv klubi hujumchisi Temurxo'ja Abduxoliqov jamoamiz bilan xayrlashdi.

U temiryo'lchilar safini tark etib, Qatarning Al Sayliya klubiga yo'l oldi.

Sir emas, Lokomotivning o'tgan mavsum O'zbekiston chempioni bo'lishida, O'zbekiston Kubogi qo'lga kiritilishida, shuningdek Osiyo chempionlar ligasida chorak finalga qadar etib borishida ko'pchilik qatori Temurxo'janing ham hissasi katta bo'ldi.

U o'tgan yil barcha rasmiy musobaqalarda jami 46 marta maydonga tushib, 31ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Xususan Abduxoliqov oliy ligada 22ta gol urgan bo'lsa, O'zbekiston Kubogida 6ta, Osiyo chempionlar ligasi bahslarida esa uch bor to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi.

Endilikda mohir hujumchi jamoamizni tark etib, faoliyatini Qatarda davom ettiradigan bo'ldi. U Al Sayliya bilan bir yarim yillik shartnomaga imzo chekdi. Malumot uchun, ushbu klub Qatar oliy ligasida ishtirok etadi va hozircha turnir jadvalida 11-o'rinni egallab turibdi.

Lokomotiv PFK Temurxo'ja Abduxoliqovning jamoa rivoji uchun qo'shgan hissasini unutmaydi va uning kelajakdagi faoliyatiga omad tilaydi.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика