So’nggi yangiliklar

09:40Бразилиялик бизнесмен бутун бойлигини Неймарга қолдирди  0 09:20Италия терма жамоасининг собиқ устози "Фенербахче"ни бошқаришга асосий номзод  0 09:00Месси ўйиндан олдин кўз ёшларини тўхтата олмади. Баҳс якунидан сўнг мухлислар билан хайрлашди  5 08:35ЖЧ-2026. Яна учта терма жамоа мундиал йўлланмасини қўлга киритди  6 08:06CAFA Nations Cup. Бугун Қирғиз Республикасига қарши майдонга тушамиз  6 07:39ЖЧ-2026 саралаш. Аргентина, Бразилия ва Уругвай йирик ҳисобда ғалаба қозонди  6 01:45ЖЧ-2026 саралаши. Германия мағлуб бўлди, Нидерландия дуранг ўйнади ва бошқа натижалар билан танишинг  9 01:20Валерий Карпин: "Иорданиядан бунақасини кутмагандик"  11 00:51Родри: "Бу жароҳат менинг фаолиятимни узайтирди"  1 00:33Даниэль Леви 24 йилдан сўнг "Тоттенхэм"дан кетди  1 00:03Ўртоқлик учрашуви. Россия - Иордания ўйинида голлар урилмади  5 23:51Фаррух Сайфиев Расул Чориевнинг ҳолидан хабар олди  14 23:31Ўртоқлик учрашуви. Саудия Арабистони Шимолий Македония термасини мағлуб қилди  0 23:09Ўзбекистон терма жамоаси Қирғизистонга қарши ўйин олдидан машғулот ўтказди ГАЛЕРЕЯ  5 22:51Эрон "CAFA Nations Cup-2025" финалига йўлланма олди  9

"Lokomotiv": "Paxtakor" yoshlari bilan o'yinda mag'lubiyat Yangiliklar

"Lokomotiv": "Paxtakor" yoshlari bilan o'yinda mag'lubiyat

Teglar :  LokomotivPaxtakor
“CHilonzor” dahasidagi suniy qoplamali maydonda “Lokomotiv” yoshlar jamoasi “Paxtakor”ning 1-liga jamoasiga qarshi o'yinda maydonga tushdi.
Bellashuvda Jasur Abduraimov shogirdlari 3:0 hisobida muvaffaqiyat qozonishdi.

Sir emaski, yanvar-fevral oylarida bir qator yangi futbolchilar murabbiylar ko'rigida bo'lishadi. Bugungi o'yin “Lokomotiv” uchun ularni sinovdan o'tkazib olish uchun ham kerak edi. Futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish vaqti yaqinlashgani sayin murabbiylar yakuniy tarkib azolarini aniqlab boraverishadi.

O'yinning 34-daqiqasiga kelib “paxtakor”chilar hisobda oldinga chiqib olishdi. Birinchi bo'limda ustunlik asosan maydon egalari tomonida edi. Ikkinchi bo'limga kelib murabbiylar tarkibni butunlay yangilashdi. Buning natijasida ustunlik “Lokomotiv” futbolchilari tomoniga o'tdi. Hujumlar asosan “Paxtakor” darvozasi oldida tashkil etilganiga qaramay, keyingi gollar ham mezbonlar tomonidan kiritildi. Har ikki safar himoyachilar qarshi hujumni qo'yib yuborishdi.

Bugungi bellashuv yig'inda ishtirok etayotgan bir qator yigitlarning kelgusi taqdirlariga oydinlik kiritib berishi mumkin. Ular namoyish etgan o'yinni mutaxassislar sinchkovlik bilan kuzatib borishdi.

PAXTAKOR – LOKOMOTIV 3:0

Gollar
: 34 (1:0). 50 (2:0). 66 (3:0).

1-bo'lim: Nortojiev - Adamov, Erkinov, G'aniev, SHahobiddinov - Qayumov, Fozilov, Omonaliev, Ilyosov - G'ulomov, Soqiev.

2-bo'lim: Nortojiev - Abdullaev, Muhamedov, Ibrohimov, Ergashev - Xamroev, Safarov, Ergashev, Tanaev - Mo'minqulov, Kamolov.


1

 2

 4

 5

 12

 6

 7

 8

 9

 11

 13

 14

 10

 15


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика