"Lokomotiv" o'z tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etdi
05 noy 2016 13:32
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/226937_original.jpg)
![](/upload/storage/226937_220.jpg)
"Lokomotiv" o'z tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etdi
Andrey Miklyaev boshchiligidagi "Lokomotiv" oliy ligada 28ta o'yinda raqiblari darvozasi 72 marotaba gol urishdi.
O'tgan yili "temiryo'lchilar" 30 uchrashuvda 66 bor raqiblari darvozasini ishg'ol etishgandi. "Temiryo'lchilar" gol urish bo'yicha ichki chempionatda o'z tarixlaridagi eng yaxshi natijani joriy mavsumda qayd etishdi.
SHuningdek, "Loko" mamlakat chempionligini qo'lga kiritish uchun ham juda yaqin turibdi. Ularni chempionlikdan atiga bir ochko ajratib turibdi. Keyingi turda "temiryo'lchilar" bir ochkoni qo'lga kiritishsa ham muddatidan avval chempionlikni rasmiylashtirishadi.
"Lokomotiv" ushbu mavsumda barcha musobaqalarni qo'shib hisoblaganda raqiblari darvozasiga hozirgacha 99ta to'p kiritishni uddalagan.
Qiziq, "Loko"ning ushbu mavsumdagi yubiley 100-golini kim kiritar ekan?
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar