"Lokomotiv" o'rtoqlik o'yinida "Olmaliq"ni yirik hisobda engdi
03 sen 2017 09:20
Yangiliklar
"Lokomotiv" o'rtoqlik o'yinida "Olmaliq"ni yirik hisobda engdi
“Lokomotiv” stadionida o'tgan bellashuv qiziqarli ko'rinish oldi. Unda har ikki jamoa ustozlari ham tarkibda bor futbolchilarning deyarli barchasini maydonga tushirish imkoniga ega bo'lishdi. Asosan “temiryo'lchilar” ustunligi ostida o'tgan o'yinda “Loko” 5:1 hisobida g'alabaga erishdi.
O'rtoqlik o'yini:
“Lokomotiv” – “Olmaliq” 5:1
Gollar: O. Blessing (9′), A. Amonov (37′), S. Mustafoev (41′), I. Bikmaykin (55′), T. Kapadze (77′) – Polvonov (68′)
“Lokomotiv”: Sarvar Karimov, Salim Mustafoev, SHerzod Fayziev, Kaxi Maxaradze, SHuxrat Muhammadiev, Ikrom Aliboev, Sanjar SHoahmedov, Bobir Davlatov, Diyor Turopov, Olabiran Blessing Muyiva, Aziz Amonov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Temur Kapadze, Sadriddin Abdullaev, Farrux Ibragimov, Sergey Proxorov, Ulug'bek Abdullaev, Idris Bikmaykin, Oleg Zoteev.
Fikrlar