"Lokomotiv": “Ordabasi” bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazamiz

Narzulla Saydullayev
5 sen 2014, 12:50
Oliy Liga o'n sakkizinchi hamda o'n to'qqizinchi turlari orasida yuzaga kelgan qisqa tanaffusdan unumli foydalanish maqsadida “Lokomotiv” bir necha o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazadi.
Bugun “Do'stlik” stadionida, soat 17:00da “Mashal”ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi rejalashtirilgan bo'lsa, 7 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan 16:00da Qozog'istonning “Ordabasi” jamoasiga qarshi Chimkentda nazorat o'yini o'tkaziladi.

Vadim Karlenovich bu uchrashuvlarda terma jamoaga jalb qilingan futbolchilardan tashqari asosiy tarkibning barcha futbolchilaridan foydalana oladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz