So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  0 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  2 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  4 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  10 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  8 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  17 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  16 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13

"Lokomotiv" - OCHL-2016da mag'lub bo'lmagan yagona jamoa! (Bugun ham ushbu anana davom etishini xohlaymiz) Yangiliklar

"Lokomotiv" - OCHL-2016da mag'lub bo'lmagan yagona jamoa! (Bugun ham ushbu anana davom etishini xohlaymiz)

Teglar :  LokomotivAl Ayn
Bugun Osiyo chempionlar ligasining 1/4 final javob uchrashuvidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Al Ayn" bahsi bo'lib o'tadi. "Bunyodkor" stadionida kechadigan uchrashuv soat 19:00da boshlanadi.

SHuni aytish lozim, bugun juda qiziq o'yin kechishi kutilmoqda. CHunki ikkala jamoani ham yarim finaldan bir qadam ajratib turibdi. Ikkala klub safida tajribali futbolchilar etarli, hamma chempionlar ligasida g'olib bo'lishni xohlayapti.

OFK rasmiy sayti bo'lajak bahs haqida yozar ekan, "Lokomotiv"dan Server Jeparovga, "Al Ayn"dan esa Umar Abdulrahmonga katta urg'u berdi. Albatta, jamoalar tarkibi faqat shu futbolchilardan iborat emas. "Loko" safida Nesterov, Kapadze, Maxaradze singari boshqa etakchilar ham bor.

Qolaversa, himoya qo'rg'onida To'xtaxo'jaev, Yanichich, Zoteev bir tekis harakat qilib kelishyapti. Yarim himoyada SHoahmedov bilan Gevorkyanning chaqqonligi tufayli hujumlar samarasi ortdi. Ko'z tegmasin, hujumda Temurxo'ja birin-ketin gollar uryapti. Marat Bikmaev esa ko'pincha zaxiradan maydonga tushib, jamoa o'yinini kuchaytirmoqda.

"Temiryo'lchilar" bu yilgi musobaqani juda yaxshi kayfiyatda o'tkazishmoqda. Aytish mumkinki, "Lokomotiv" OCHL-2016da hali mag'lub bo'lmagan yagona jamoa bo'lib turibdi. Hatto "Al Ayn" ham guruh o'yinlarini ketma-ket ikki mag'lubiyat bilan boshlagandi. "Lokomotiv" hozirgacha uchta o'yinda g'alaba qozonib, olti bor durang o'ynadi. Bundan tashqari, jamoa o'z darvozasidan atigi 4ta gol o'tkazgan holda, beshta uchrashuvni "quruq" o'tkazgan.

Birinchi o'yindagi 0:0 hisobini inobatga olsak, bugungi bellashuvda "Lokomotiv"ning faqat g'alaba qozonishi talab etiladi. Zero, ko'plab o'zbekistonlik muxlislar shuni xohlashmoqda. Juda ko'pchilik "Lokomotiv"dan Osiyo chempionlar ligasi bosh sovrinini kutyapti va muxlislarning bunga haqlari bor.

Esingizda bo'lsa, avvalgi bosqichda safarda "Al Hilol" bilan ham 0:0 hisobi qayd etilgan, ammo javob bellashuvida "Loko" 2:1 hisobida zafar quchgandi. Bu gal ham maydon egalaridan tezkor gollar va ajoyib o'yin kutib qolamiz.

Albatta, "Al Ayn" ham o'ziga yarasha kuchli jamoa - BAAning eng etakchi klublaridan biri. Bu jamoa 2003 yil Osiyo chempionlar ligasini qo'lga kiritgan. Hurmatga loyiq jamoa, biroq "Al Hilol" bilan bo'lgani kabi ularni ham mag'lub etsa bo'ladi.

"Al Ayn" bungacha to'rt marta O'zbekistonda mehmon bo'lgan. Jamoa 2006 yil "Mashal", 2010 va 2015 yilgi mavsumlarda esa "Paxtakor"ga qarshi to'p surgan. Bu yil ushbu jamoa "Nasaf" bilan bir guruhdan joy egalladi. 2010 yil "Paxtakor" "Al Ayn"ni Toshkentda 3:2 hisobida mag'lub etgan. O'ylaymizki, "Al Ayn"ni o'zimizda mag'lubiyatga uchratgan ikkinchi jamoa nasib qilsa aynan "Lokomotiv" bo'ladi.

"Lokomotiv" va umuman o'zbek futboliga befarq bo'lmagan muxlislarni bugun kechki payt "Bunyodkor" stadioniga kelib jamoamizni qo'llab-quvvatlashga chorlaymiz. Zero, bunday nufuzli o'yinda futbolchilar muxlislar daldasiga yanada ko'proq muhtoj bo'ladi. Osiyo chempionlar ligasining yarim final eshigi O'zbekiston klubi uchun ochilishiga juda oz qoldi va bunga hammamiz birgalikda guvoh bo'laylik.

X.Xoliqov.

Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика