"Lokomotiv" "Neftchi"ga qarshi bahs oldidan mashg'ulot o'tkazdi FOTOGALEREYA
21 mar 2015 17:43
Yangiliklar

"Lokomotiv" "Neftchi"ga qarshi bahs oldidan mashg'ulot o'tkazdi FOTOGALEREYA
Toshkent, 21 mart - Ertaga "Lokomotiv" o'z maydonida "Neftchi"ni qabul qiladi.
Oliy liganing 2-turidan o'rin olgan mazkur bahs TTYMI stadionida bo'lib o'tadi. O'yinning boshlanish vaqti - 16:00.
Bugun "temiryo'lchilar" TTZdagi asosiy stadionda o'yinoldi mashg'ulotini o'tkazishdi. Jamoa bosh murabbiyi Vadim Abramov betobligi sabab mashg'ulotda qatnasha olmadi, shu bois futbolchilarni yordamchi murabbiylar - Marat Miftaxutdinov bilan Andrey Miklyaev shug'ullantirdi. Darvozabonlar bilan esa odatdagidek Pyotr Gizimchuk ishladi.
Bugungi mashg'ulotda barcha futbolchilar ishtirok etishdi. Hammaning sog'ligi joyida. Jarohati tufayli maydonga tusha olmayotgan Ignatiy Nesterov bilan Ibrohim Rahimov ham bugun jamoa bilan mashg'ulot o'tkazdi. Ertangi o'yin oldidan yigitlarning kayfiyati yuqori. Hamma faqat g'alaba haqida o'ylayapti.

Fikrlar