Lokomotiv nazorat o'yinida SHo'rtanni mag'lub etdi
02 fev 2014 18:29
Yangiliklar


Lokomotiv nazorat o'yinida SHo'rtanni mag'lub etdi
Yurtimizdagi ikki kundan beri tinimsiz yog'ayotgan qor maydon holatiga jiddiy tasir ko'rsatgan bo'lsa-da, tomonlar hujumkor o'yin ko'rsatishga intilishdi. Uchrashuv kutilganidek temiryo'lchilarning shiddatli hujumlari bilan boshlandi va 7-daqiqada tajribali Viktor Karpenkoning aniq zarbasi Roman Abdulov qo'riqlayotgan darvoza to'riga borib tushdi. SHundan keyin ham o'yin scenariysi o'zgarmadi. Lokomotiv jamoasi katta kuch bilan hujumga tashlandi. Bir necha vaziyatda Vyacheslav SHevchenko, Lutfullo To'raev, Jasur Hasanov (katta), Dilshod Jabborovlar qulay vaziyatdan foydalana olishmadi. 20-daqiqada SHo'rtan himoyachilari o'z jarima maydonchasi ichida SHevchenkoni qo'pollik bilan to'xtatib qolishdi va uchrashuv bosh hakami Aziz Asimov g'uzorliklar darvozasi tomon penalti belgiladi. Nuqtaga yaqinlashgan ukrainalik futbolchi birinchi urinishdayoq to'pni darvozaga aniq joylagandi. Biroq, zarbadan oldin Lokomotiv futbolchilarining jarima maydoniga kirib ketishi natijasida gol inobatga olinmadi va zarba qaytadan amalga oshirildi. Ikkinchi urinishda ham tajribali futbolchi darvozani aniq nishonga oldi – 2:0. Birinchi bo'limning so'nggi daqiqalarida yana o'sha SHevchenko darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi va Abdulovni mohirlik bilan dog'da qoldirgan holda hisobni yirik ko'rinishga keltirdi.
2-taymda Lokomotiv murabbiylar shtabi tarkibni deyarli to'liq yangilashdi, faqat markaziy himoyada Evgeniy Gogol uchrashuvni to'liq o'tkazdi. SHunga qaramay Lokomotivning zahira futbolchilari ham o'yinni ko'tarinki ruhda o'tkazishib, Aleksandr SHadrinning ajoyib zarbasidan keyin hisobni 4-0ga etkazdilar. Qolgan daqiqalarda darvozalarga boshqa to'p kiritilmadi.
Lokomotiv – SHo'rtan – 4:0 (3:0). Do'stlik stadioni
Bosh hakam: A.Asimov
Gollar: V.Karpenko (7), V.SHevchenko (20 penalti, 30), A.SHadrin (53).
Lokomotiv: Temur G'aniev, Islom Inomov (s), Islom To'xtaxo'jaev, Evgeniy Gogol, AnvarG'ofurov, Andrey Kojokar, Jasur Hasanov (katta), Viktor Karpenko, Dilshod Jabborov, Lutfulla To'raev, Vyacheslav SHevchenko.
Zahira: Eldor Isaboev, SHerzod SHaripov, Bobur Yo'ldoshev, Ibrohim Raximov, Jasur Hasanov(kichik), Akmal Xolmatov, Ivan Nagaev, Aleksandr SHadrin, Sardor Mirzaev, Salim Mustafoev.
SHo'rtan:Roman Abdulov, Zoxid Yusupov, Husniddin G'ofurov, Asror Aliqulov, Jamol Otaqulov, Botir Qodirqulov, Islom Karimov, G'ulomhaydar G'ulomov, Aleksandr Vostrikov, Abdulatif Abduqodirov, To'lqin Mirzaev.
Zahira: Eldor Tojiboev, Umar Eshmurodov, Visol Mageramov, Maqsud Maxmudov, Aravik Boboev, Ravshan Abduraxmonov,Jamshid Hoshimov.
Fikrlar