"Lokomotiv": Navbatdagi raqibimiz Al-Ahli
26 fev 2014 07:05
Yangiliklar


"Lokomotiv": Navbatdagi raqibimiz Al-Ahli
Ayni kunlarda yangi mavsumga tayyorgarlikni BAAda olib borayotgan Lokomotiv jamoasi azolari jismoniy va funkcional holatni yaxshilash barobarida turli taktik uslublar ustida ham jiddiy izlanishmoqda.
Xorij klublariga qarshi tashkil etilayotgan nazorat-sinov uchrashuvlari esa ana shu taktik uslublarni sinovdan o'tkazishda qo'l kelayotir. Jumladan, ertaga temiryo'lchilar BAA pro-ligasida ishonch bilan peshqadamlik qilayotgan Dubayning Al-Ahli jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Lokomotiv klubi mashg'ulotlarni olib borayotgan Jebal-Ali maydonida mahalliy vaqt bilan soat 17:00da boshlanadi. Mazkur o'yin 7 mart kuni O'zbekiston superkubogi uchun bo'ladigan uchrashuv oldidan Lokomotiv jamoasiga o'ziga xos tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi. Voqealar rivojini saytimiz orqali kuzatib boring.

Fikrlar