So’nggi yangiliklar

14:56Карпенко "Бухоро"дан кетди  0 14:30Суперлиганинг 2025 йилдаги энг яхши мураббийи Қозоғистонда ишлайди  1 14:09​Расман: "Манчестер Сити" Семеньони сотиб олди  0 13:48Токотаев "Локомотив"да тиббий кўрикдан ўтолмади  7 13:25"Манчестер Юнайтед" янги мураббий бўйича қарорни кечиктирди  3 12:57"Фенербахче" Гендузини сотиб олди  0 12:30Кемалар шайланмоқда. Қайиқлар-чи?  1 12:00Бугунги ўйинлар: “Боруссия Д” сафарда, футзалда қизиқарли баҳслар ва бошқалар  0 11:38"Милан" Меньянга клуб тарихидаги энг юқори маошни таклиф қилди  4 11:10Ўтган мавсум "Нефтчи" билан чемпион бўлган футболчи фаолиятини Тошкент жамоасида давом эттиради  1 10:47Пўлатхўжа Холдорхонов: “Худо хоҳласа, “Андижон”га ҳам чемпионликни ният қилиб келдим”  6 10:20"Реал" етакчиси финалда ўйнаши мумкин  5 09:52"Мураббийлар қотили" - Маттейс де Лигт  6 09:24Алонсо "Реал Мадрид"нинг Испания Суперкубоги финалига чиққанига муносабат билдирди  6 08:55Хебайнинг янги жамоаси деярли аниқ  16

"Lokomotiv": Navbatdagi raqib Slovakiya U-21 termasi Yangiliklar

"Lokomotiv": Navbatdagi raqib Slovakiya U-21 termasi

Teglar :  Lokomotiv
“Lokomotiv” Dubayga jo'nab ketayotganida 3 ta o'rtoqlik o'yinida maydonga tushishi va uchinchi raqib Janubiy Koreya Key ligasi vakili “CHonbuk Motors” klubi bo'lishi haqida malumot berib o'tgandik.

Keyinroq esa 22 yanvar kuni bo'lib o'tadigan bellashuvda raqib jamoa o'zgarishi mumkinligi haqida xabar berildi.

Ertaga – 22 yanvar kuni Mirko Elichich shogirdlari aytilganidek Osiyo qitasi vakili bilan emas, balki Slovakiya U-21 terma jamoasiga qarshi o'yinda maydonga tushishadi. Bunga qadar jamoamiz G'arbiy va SHarqiy Osiyoning 1 tadan klubi bilan bellashib bo'ldi. Avvaliga Saudiya Arabistonining “Al-Ahli”si bilan, keyin esa Xitoy Superligasi ishtirokchisi “Xenan Jiane” bilan o'rtoqlik uchrashuvlari tashkil etildi. Endi navbat Evropa vakiliga etib keldi.

Slovakiyaning 21 yoshgacha bo'lgan futbolchilaridan tashkil topgan jamoasi ayni paytda Dubayda bo'lib turibdi. Evropa chempionatining final bosqichi yo'lida harakat qilayotgan Pavel Hapal shogirdlari saralash bosqichida ko'ngildagidek ishtirok etishmoqda. Gollandiya, Belorus, Turkiya, Kipr kabi termalar bilan bir guruhdan joy olgan Slovakiya 4 ta o'yindan so'ng etakchilik qilayotgani etiborga molik.

CHexiyalik mutaxassis shogirdlari saralashning 1-turini Belorus maydonida o'tkazib, 0:1 hisobida imkoniyatni boy berishandi. 2-turga kelib esa guruh autsayderi Kiprni 2:0 hisobida taslim etishdi. Guruhda ikkinchi o'rinda borayotgan, Belorus va Turkiya kabi mamlakatlarni mag'lub eta olgan Gollandiya Slovakiyadan har ikki uchrashuvda ham engilgan: Amsterdamda 1:3, Bratislavada esa 2:4 hisoblarida.

Jamoamiz Slovakiya bilan o'yinning ertasiga Toshkentga qaytib keladi. Ayni paytda CHernogoriya hamda Serbiyadan tashrif buyurgan legioner futbolchilar ko'rikda bo'lib turishibdi. Hujum chizig'i vakillarining “Lokomotiv”dagi kelgusi taqdirlariga delegaciyamiz ortga qaytganidan so'ng aniqlik kiritib o'tamiz.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика