So’nggi yangiliklar

23:42Отабек Нарзуллаев: "Менга ёққан томони - футболчиларимиз охиригача курашди"  0 23:22Камолиддин Тожиев: "Танаффусдан кейин тезда тонусга тушиб олиш осон эмас"  2 23:10Миржалол Қосимов: "Иккинчи даврани ғалаба билан бошлашни мақсад қилгандик"  1 22:55"Истанбул Башакшехир" ўртоқлик ўйинида "Истанбулспор"ни минимал ҳисобда мағлуб этди, Шомуродов ва Файзуллаев баҳсда иштирок этди  9 22:49Улуғбек Бакаев: "Футболда шунақа: сен урмасанг, сенга уришади"  5 22:20Manchester Evening News журналисти "Ман Сити"нинг Ҳусанов бўйича режаларини хабар қилди  5 21:58Суперлига. "Пахтакор" "Машъал" устидан минимал ғалабага эришди  37 21:55Суперлига. ОКМК Қаршида "Бухоро"дан устун келди   15 21:35Тадич янги клубга ўтди  0 21:05"Бавария" футболчиси Лондон клубига ўтади  1 19:53"Ливерпуль" келаси мавсум учун либосларини тақдим этди  11 19:27Сюрприз! Балотелли Испаниянинг 3-дивизион клубига ўтиш арафасида  4 18:34Исак "Ливерпул"га ўтишни истамоқда, "Ньюкасл" эса қарши  4 18:07Гави: "Тер Штеген – клуб афсонаси, уни ҳурмат қилиш керак"  5 17:38"Милан" Влаховични олиш учун ярим ҳимоячисидан воз кечадими?  1

"Lokomotiv" masuliyatli o'yinlar ostonasida Yangiliklar

"Lokomotiv" masuliyatli o'yinlar ostonasida

Toshkent, 5 aprel - "Lokomotiv"ni yaqin bir och oy ichida nihoyatda masuliyatli bahslar kutmoqda.
Bilasiz, "temiryo'lchilar" O'zbekiston milliy birinchiligida chempionlik, Osiyo chempionlar ligasida esa guruhdan chiqish uchun kurash olib borishmoqda. SHunday ekan, yaqin bir oy ichida jamoamiz juda muhim bellashuvlarda maydonga tushadi.

Xususan Vadim Abramov shogirdlari avvaliga "Al Sadd" bilan kuch sinashishsa, keyin "Bunyodkor" va "Dinamo"ga qarshi to'p tepishadi. Undan keyin o'z maydonimizda "Al Hilol"ni qabul qilamiz. So'ngra oliy liga doirasida "Paxtakor" va "Nasaf"ga qarshi bahs olib boramiz. SHuningdek, bir oydan so'ng safarda "Fulad"ga qarshi to'p suramiz.

Ko'rib turganingizdek, bu o'yinlarning har biri "Lokomotiv" uchun nihoyatda muhim. Birgina oliy liganing o'zida "Bunyodkor", "Paxtakor", "Nasaf" kabi grandlarga qarshi maydonga tushamiz. OCHLdagi "Al Sadd" va "Al Hilol" bilan o'yinlar esa musobaqani bezab bersa ajab emas. Hozir qanday masuliyatli bahslar bo'sag'asida turganimizni yigitlarimiz ham chuqur his qilib turishibdi. SHu o'rinda jamoamizga har bir o'yin omadli o'tishini tilab qolamiz.

"Lokomotiv" yaqin bir oy ichida o'tkazadigan o'yinlar:

8 aprel. OCHL
"Lokomotiv" - "Al Sadd"

13 aprel. Oliy liga
"Lokomotiv" - "Bunyodkor"

16 aprel. Oliy liga
"Dinamo" - "Lokomotiv"

21 aprel. OCHL
"Lokomotiv" - "Al Hilol"

27 aprel. Oliy liga
"Lokomotiv" - "Paxtakor"

1 may. Oliy liga
"Nasaf" - "Lokomotiv"

5 may. OCHL
"Fulad" - "Lokomotiv"
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика