"Lokomotiv": “Mashal”ga qarshi nazorat uchrashuvi o'tkazamiz

Narzulla Saydullayev
24 dek 2014, 10:28
Yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rish uchun o'quv-yig'inlarni boshlab yuborgan “Lokomotiv” Muborakning “Mashal” klubiga qarshi nazorat uchrashuvi o'tkazadi.
Ushbu o'toqlik o'yini 27 dekabr kuni, “Ahmad Yassaviy” (sobiq “Sverlova”) stadionida, soat 12:00da boshlanadi.

O'zaro kelishuvga ko'ra jamoalar 50 daqiqadan ikki o'yin o'tkazishadi.

Bu uchrashuvda Vadim Abramov ayni vaqtda jamoa tarkibida bo'lgan barcha futbolchilarni sinovdan o'tkazib olishni rejalashtirgan. Shu maqsadda u 50 daqiqalik har ikki o'yinda turlicha tarkiblani maydonga tushirmoqchi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz