So’nggi yangiliklar

01:40АПЛ клуби "Ман Сити" хавбеки Филлипс билан шартнома имзолашга яқин  0 01:03"Реал" футболчиси клубдан кетиш ҳақида ўйламоқда  1 00:32Костич "Ювентус"дан кетадими?  0 00:05"Атлетико" Галлахер қарор қабул қила олмаётгани сабаб "Валенсия" билан Герранинг 25 млн евролик трансферини келишиб қўйди  0 23:25Суперлига. "Металлург" - "Локомотив" 1:1, Ҳошимов "Металлург"даги биринчи расмий ўйинида қизил карточка олди  6 23:05Александр Крестинин: "Ғалаба қозониш учун бир оз ақлли футбол керак  0 22:57Григорий Колосовский: "Энди биз майдонга чиқадиган ҳар бир ўйин финал бўлиши керак"  2 22:35"Тоттенхэм" ўйинчиси "Милан"га ўтишга яқин  0 22:07"Ювентус" ўйинчисини "Аякс"га ижарага беради  0 21:40Суперлига. "Металлург" ва "Локомотив" иккинчи даврани дуранг билан бошлади   25 21:27"Арсенал" собиқ вингери Николя Пепе "Вильярреал" ўйинчисига айланди  0 20:29"Барса" собиқ форварди Брейтуэйт "Эспаньол"ни харид қилмоқчи  0 20:05Назорат ўйини. "Пахтакор" "Олимпик"га 7та гол урди  5 19:29РПЛ. ЦСКА ўз майдонида "Оренбург"ни тор-мор этди, Файзуллаев эса...  9 19:10"Барса" Уильямснинг трансфери барбод бўлса, "Бавария" вингери билан шартнома имзолаши мумкин  4

"Lokomotiv" klubi yangi futbolchilarni tanishtirdi Yangiliklar

"Lokomotiv" klubi yangi futbolchilarni tanishtirdi

Bugun O'zbekiston kubogi sohibi Toshkentning "Lokomotiv" klubi qishda o'z safiga qo'shib olgan futbolchilarni ommaga tanishtirdi.
Tadbirda "Lokomotiv" klubi prezidenti Ravshan Ikromov, bosh murabbiyi Vadim Abramov, bosh direktor o'rinbosari To'labek Akramov, jamoa boshlig'i Qobil Yunusov ishtirok etishdi.

"Barchani yangi mavsum bilan tabriklayman. O'tgan mavsum klubimiz oliy ligada ikkinchi o'rinni band etdi va O'zbekiston kubogini qo'lga kiritdi. Rahbariyat tomonidan bu natija ijobiy deb hisoblandi. 2015 yilda esa maqsadimiz O'zbekiston chempioni bo'lish va O'zbekiston kubogini himoya qilish. Qishki yig'in davomida braziliyalik, ukrainalik, rossiyalik, serbiyalik futbolchilar ko'rikdan o'tishdi. Ulardan Ruslan Koryan va Nemanya Yanichich bilan shartnoma tuzildi. Farhod Tojiev, Sadriddin Abdullaev, Fozil Musaev, Ilhom Suyunov, Viktor Karpenko, Temur Jo'raev jamoani rasman tark etishdi.

Temurxo'ja Abduxoliqov, Temur Kapadze, Mamur Ikromov, Ruslan Koryan (Rossiya), Nemanya Yanichich (Serbiya), Oleg Zoteev, Sanjar SHoahmedov, Sardor Qobuljonov va Abror Karimov kabi futbolchilar bilan shartnoma tuzildi. Bundan tashqari Qozog'istonning "Astana" klubidan Damir Koyashevich yaqin kunlarda jamoamiz safiga kelib qo'shiladi", - deydi To'labek Akramov.

Vadim Abramov:
"Ko'pchilik tayyorgarligimizdan xabari bor deb o'ylayman. Savollaringiz bo'lsa yo'llashingiz mumkin".

- Aleksandr Geynrix borasida so'ramoqchi edim. Uni jamoadan ketishi nima bilan bog'liq?
Vadim Abramov:
- Geynrixning hozirgi holati bizga to'g'ri kelmaganligi bois, biz uni qo'yib yubordik.

- Jamoa oldiga OCHLda yarim finalga qadar etib borish maqsad qilib qo'yildi. Raqiblarni o'rganib chiqdingizmi?
Vadim Abramov:
- Albatta, guruhdagi barcha raqiblarni o'rganib chiqdik. Ilk raqibimiz "Al Hilol"ni anchagina yaxshi o'rgandik.

- "Lokomotiv" safida har yili ko'plab yangi futbolchilar kelib, ko'plab yangi futbolchilar kelishmoqda... Bunga qachon chek qo'yiladi?
To'labek Akramov:
- Albatta to'g'ri savol. Har yili jamoamiz tarkibi o'zgarib ketmoqda. Bu yil Farhod Tojiev, Sadriddin Abdullaev va Fozil o'z kuchini xorijda sinab ko'rishni istashdi. Biz qarshilik ko'rsatmadik. Ilhom Suyunov, Viktor Karpenko va Timur Jo'raev kabi tajribali futbolchilar ko'proq maydonga tushishni istashdi va boshqa klubga o'tishdi.

Vadim Abramov: Futbol klubi doim o'zgarib turishi kerak. Bunga oddiy qarash kerak. Masalan boshqa klublarda ham shunday vaziyatlar kuzatilib turiladi. Bizdan ketgan va kelgan futbolchilar ro'yxatiga etibor qaratsangiz u qadar katta o'zgarishni ko'rmaysiz. Lekin Malayziya birinchi ligasi saviyasi bizning oliy ligadan ustun degan odamni shifokorga ko'rsatish lozim.

- Ignatiy Nesterov jarohat olib safdan chiqdi. Mamur Ikromov va Sardor Qobuljonov OCHL saviyasiga javob bera oladimi?
- Futbol shunday o'yinki unda jarohatlar uchrab turadi. Nesterovga tezroq sog'ayib ketishini tilayman. Qolgan darvozabonlar esa o'z hayajonlarini bosib olib o'z o'yinini namoyish etishi kerak.

- Jamoa oldiga OCHLda aniq bir maqsad qo'yilganmi?
To'labek Akramov:
- Biz har doim maksimal vazifalarni o'z oldimizga maqsad qilib qo'yamiz. "Lokomotiv"da jamlangan futbolchilar hech bir jamoa futbolchilaridan kam emas. O'ylashimcha, biz yarim finalga qadar etib bora olamiz. Asosiy vazifa va maqsad esa finalgacha etib borish.

- Jamoani har yili o'zgaritirib o'ynash klubga yoqmoqdami?
Vadim Abramov:
- Men unday demagan bo'lardim. Biz futbolchilarni majburan o'zimizda olib qola olmaymiz. Qaysidir futbolchi raqobatdan qo'rqib boshqa jamoaga ketmoqda.

- OCHL o'yinlari "Lokomotiv" stadionida o'tadigan bo'lsa jurnalistlarga sharoit yaratib beriladimi?

To'labek Akramov: - Albatta, Osiyo chempionlar ligasi o'yinlari "Lokomotiv" stadionida o'tkaziladi. Oliy liga o'yinlari esa "Lokomotiv" va TTYMI stadionida bo'lib o'tadi. 4 mart kuni OCHLdagi ilk rasmiy o'yinni o'tkazamiz. O'sha vaqtga qadar barcha sharoitlar yaratib beriladi.

- "Lokomotiv" klubi kelajakda yoshlar bilan ishlashni rejalashtiryaptimi?
To'labek Akramov:
- Albatta, biz doim yoshlarga etibor qaratib kelganmiz. Bizning jamoamizdan chiqqan Ikrom Aliboev, Quvondiq Ro'ziev, Xurshid Muxtorov kabi o'yinchilar turli yoshdagi terma jamoalarda o'ynashmoqda. Yaqin ikki yil ichida akademiya ishga tushadi. Loyiha ishlab chiqilgan.

So'ngra yangi futbolchilarga yangi formalar taqdim etildi. Unga ko'ra Temur Kapadze 18, Temurxo'ja Abduxoliqov 11, Mamur Ikromov 12, Ruslan Koryan 7, Nemanya Yanichich 31, Abror Karimov 44, Oleg Zoteev 33, Sanjar SHoahmedov 22, Sardor Qobuljonov 30-raqamda o'ynaydigan bo'lishdi.


SHahboz Beg'amov va Narzulla Saydullaev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика