Lokomotiv klubi Moldova terma jamoasi futbolchisi bilan shartnoma imzoladi
10 jan 2014 10:49
Yangiliklar


Lokomotiv klubi Moldova terma jamoasi futbolchisi bilan shartnoma imzoladi
Moldova milliy terma jamoasi va Moldovaning Zimbru klubi sharafini himoya qilgan yarimhimoyachi Andrey Kojokar endi o'z faoliyatini Toshkentning Lokomotiv klubida davom ettiradi.
Kojokar professional faoliyatini Moldovaning Zimbru klubidan boshlagan. 2005-2009 yillar Zimbru, 2009 yil Latviyaning Metallurg, 2009-2010 yillari Moldovaga qaytib CSKA-Kishinyov, 2010-2013 Dachiya, 2013 yil esa yana Zimbru sharfinini himoya qilgan va Zimbruning 2013 yildagi eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. Moldova terma jamoasi safida 8 ta uchrashuvda maydonga tushib bir marta raqib darvozasini ishg'ol etgan.

Fikrlar