So’nggi yangiliklar

13:02Артета АПЛ юлдузининг "Арсенал"га ўтишида асосий сабабчи бўлган  2 12:35АПЛ клуби янги стадионга кўчиб ўтди  6 12:11Ўзбекистон U-23 терма жамоасининг U-23 Осиё Кубоги саралаши учун таркиби маълум  8 11:42"Реал" диктатор туфайли янги футболчисининг исмидан воз кечди  7 11:20Ўзбекистон U-17 нега саралашда ўйнамайди?  3 10:43Кэрни Чуквуэмеки фаолиятини Бундеслигада давом эттиради  1 10:15"Тоттенхэм" "Ман Сити" футболчисини қўлга киритиш учун нархни кўтарди  0 10:03Бугун "Севинч" Осиё Чемпионлар Лигаси гуруҳ босқичига чиқиш йўлланмаси учун майдонга чиқади  0 09:48Эдегор ва Саканинг жароҳати ҳақида маълумот берилди  2 09:22Пролига. Бугун дерби бўлиб ўтади  1 08:54"Байер" "Манчестер Сити" футболчини қўлга киритишга яқин  1 08:25Кечаги дурангдан сўнг Аморим нималар деди?  6 07:56Sofascore. Кечаги учрашувда дубл ассист қилган Ғаниев неча баҳо олди?  1 07:31Ўзбекистон кубоги. Бугун илк ярим финалчи аниқланади  7 02:27Ла Лига. "Реал Мадрид" меҳмонда "Реал Овьедо"ни йирик ҳисобда таслим этди  80

"Lokomotiv" hozir faqat qog'ozda Pro liga favoriti, bizga qarshi barcha jamoa kurash taqdim qiladi" - "Temiryo'lchilar" yangi futbolchilarni tanishtirdi Yangiliklar

"Lokomotiv" hozir faqat qog'ozda Pro liga favoriti, bizga qarshi barcha jamoa kurash taqdim qiladi" - "Temiryo'lchilar" yangi futbolchilarni tanishtirdi

Toshkentning "Lokomotiv" jamoasi bu yilgi mavsumni Pro ligada o'tkazadi.

Shu munosabat bilan klub bugun yangi mavsum oldidan yangi futbolchilarni tanishtirish marosimini o'tkazdi. Unda klub sport direktori Ravshan Muqimov, bosh murabbiy Grigoriy Kolosovskiy, bosh menejer Sardor Akramov va jamoaga qishki transferlar oynasida kelib qo'shilgan yangi futbolchilar ishtirok etdi. Unda dastlab "temiryo'lchilar" rahbariyatidan Ravshan Muqimov so'zga chiqib jamoaning tayyorgarligi haqida gapirdi. Tadbir yaknuida yangi futbolchilarga futbolkalar topshirildi. 


Sardor Akramov ("Lokomotiv" bosh menejeri) - Barchani hayit bayrami bilan tabriklayman. Bugungi yig'ilishimizdan sabab jamoaning yangi mavsumdagi maqsadlari, yangi futbolchilarni tanishtirishdan iboratdir. Bilasiz, klubimiz bu yilni Pro ligada o'tkazadi. Oldimizga mavsumni muvaffaqiyatli o'tkazib Superligaga qaytish vazifasi qo'yilgan. Bu yo'lda hammamiz bitta jamoa bo'lamiz. 

Ravshan Muqimov ("Lokomotiv" sport direktori) - Klub nomidan kirib kelayotgan Ramazon hayiti bilan tabriklayman. Xabaringiz bor, o'tgan yili klubimiz uchun qiyin bo'ldi. Jamoamiz yana Pro ligaga tushib ketdi. Malum, mavsum tugashiga 3-4 ta tur qolganida Grigoriy Kolosovskiyni chaqirdik. Nima bo'lganda ham hamkorlikni davom ettirishga qaror qildik. Dastur bo'yicha ish ketmoqda. Yanvar oyida jamlandik, fevral oyida yig'in o'tkazdik. Maqsadimiz o'z mavqeimizni ushlab turish va terma jamoalarga futbolchi etkazib berish. Oxirgi payt bunda to'xtab qoldik. Hozirda hammasi reja asosida ketmoqda. Pro ligada ishtirok etishimiz aniq bo'lgach murabbiy aytgan futbolchilarni 95 foizini oldik. 

Grigoriy Kolosovskiy ("Lokomotiv" bosh murabbiyi) - Klub rahbariyati oldimizga konkret vazifani qo'ygan, maqsadimiz aniq. Superligaga qaytishimiz kerak. Qog'ozda favorit hisoblanamiz. Lekin buni amalda isbotlashimiz kerak bo'ladi. Hozir bizga qarshi istalgan jamoa kurash taqdim qiladi. Yanvar oyida o'z qarorgohimizda, fevral oyida Turkiyada bir nechta nazorat uchrashuvlarida maydonga tushdik. Raqiblar orasida "Sherif", Qozog'iston terma jamoasi ham bor edi. Bitta muammo bor juda kam gol urmoqdamiz. Gol urmasdan g'alaba qozonib bo'lmaydi. Faqat qog'ozda emas, maydonda ko'rsatishimiz lozim. 


Yangi futbolchilar bilan tanishing:

#1 Rahim Davronov

#24 Davron Hoshimov

#31 Hosrov Xananov

#4 Momchilo Rasho

#6 Ibrohim Yo'loshev

#11 Akaki Shulaya

#9 Levan Arveladze

#99 Nikola Popovich

#29 Vladimir Kozak

#23 Diyorjon Turopov

#28 Farruxbek Muxtorov

#2 Boburjon Asqarov

#19 Sayiddin Mavlonov

#17 Muhriddin Zoirov


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика