"Lokomotiv" guruhiga pley-offdan "Ar Rayan" chiqdi. "Paxtakor" esa "D" guruhidan joy oldi
19 fev 2019 23:07
Yangiliklar
"Lokomotiv" guruhiga pley-offdan "Ar Rayan" chiqdi. "Paxtakor" esa "D" guruhidan joy oldi
OCHL doirasida bu yilgi mavsumning guruh bosqichida ishtirok etadigan barcha jamoalar nomi malum bo'ldi.
Bu yilgi mavsumda yurtimiz sharafini ikki klub: "Lokomotiv" va "Paxtakor" jamoalari himoya qilishadi. "Temiryo'lchilar" o'z ishtirokini "B" guruhida, Arveladze boshchiligidagi "Paxtakor" klubi esa "D" guruhida boshlaydi.
"Lokomotiv"ning guruhdagi raqiblari: "Al Ittihod" (Saudiya Arabistoni), "Ad Vahda (BAA)", "Ar Rayan" (Qatar).
"Paxtakor"ning guruhdagi raqiblari: "Persepolis" (Eron), "Al Sadd" (Qatar), "Al Ahli" (Saudiya Arabistoni).
"Lokomotiv" guruh bosqichini 4 mart kuni o'z maydonida "Al Vahda"ga qarshi bahs bilan boshlaydi.
"Paxtakor" esa 5 mart kuni Tehronda OCHL-2018 finalchisi "Persepolis" klubi mehmoni bo'ladi.
O’xshash yangiliklar
00:27
Sergey Lushchan: "Qizil kartochka, xatolar va amalga oshirilmagan penalti barchasi yaxshilikka" 45
Fikrlar