So’nggi yangiliklar

00:50U-20 Осиё кубоги саралаши. Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Баҳрайнни ўта йирик ҳисобда таслим қилди  0 00:42Отабек Нарзуллаев: "Бугун айниқса ҳимояда кўп хато қилдик"  4 00:25Вадим Абрамов : "Ғалабадан хурсандман, лекин бундай ўйнаш керак эмас"  3 23:31"Милан" "Брюгге"дан салкам 40 млнлик трансферни амалга оширди  0 23:25Сергей Лушчан: "Тенг кучли жамоалар кураши гувоҳи бўлдик"  2 23:15Расман: Томас Мюллер Канада клуби сафига бориб қўшилди  0 22:50Иван Бошкович: "Асосийси жамоамизда ўйин бор"  1 22:25"Бавария" Emirates билан 7 йиллик шартнома имзолади  0 22:00Суперлига. Дарвозаларга 6 та гол урилган оқшомда "Динамо" камбэк эвазига "Машъал"дан устун келди   29 21:30"Челси" ўз ярим ҳимоячисини таҳминан 30 млн фунтга сотди  0 21:10Суперлига. "Навбаҳор" ўз уйида "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнади  42 20:49Нуньес "Ал Ҳилол" билан 2028 йилгача шартнома имзолайди. Трансфер суммаси ҳам маълум  3 20:25"Ўзимизнинг "тобуткаш" Кападзега имконият бериш керак" - Миржалол Қосимов МТЖга хорижлик мураббий олиб келиниши ҳақида  33 19:38ПСЖ Сафоновга у асосий дарвозабон бўлмаслигини маълум қилди  3 18:51Исак "Ньюкасл" машғулотларидан четлатилди. Нега?  4

"Lokomotiv" futzalchisi: "Eliboev va Umarov nima sababdan milliy terma posbonlari ekanligini ko'rsatishdi" Yangiliklar

"Lokomotiv" futzalchisi: "Eliboev va Umarov nima sababdan milliy terma posbonlari ekanligini ko'rsatishdi"

Kecha futzal bo'yicha mamlakat chempionatining 5-turi 2-kuni doirasida AGMK - "Lokomotiv" bahsi bo'lib o'tdi.

Futzal o'yinlarida deyarli kuzatilmaydigan 0:0 hisobi qayd etilgan bahsdan keyin "Lokomotiv" futzalchisi Jamoliddin Normirzaev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Bu o'yinni barcha kutdi. Turning markaziy o'yini, principial raqiblar, turnir jadvalida peshqadamlik uchun kurashayotgan jamoalar... O'yin jangovar o'tishi kerak edi va shunday bo'ldi ham. To'p uchun kurash juda qattiq kechdi. SHunday chiroyli o'yin ko'rsatgani uchun jamoadoshlarimga rahmat aytib qolaman. O'yinga yuqori kayfiyatda tayyorlangandik. G'alaba uchun maydonga tushgandik. O'tgan turda AGMKga mag'lub bo'lgandik. Bundan yaxshi hulosalar chiqarib, javob o'yinida g'alaba qozonmoqchi bo'lgandik.

O'yin davomida nafaqat bizda, balki, AGMKda ham yaxshi vaziyatlar bo'ldi. Ikki tomonga ham gol borasida omad etishmadi. Uchrashuvning so'nggi soniyalarida ham ikki tomonning biri gol urishi mumkin bo'lgandi. AGMKning navbatdagi o'yinlariga omad tilayman. Biz esa navbatdagi bahslarga tayyorgarlikni davom ettiramiz. Bugungi o'yinda bizni qo'llab turgan muxlislarga minnatdorlik bildiraman.

O'yinning qiyin o'tishini bilardik. Bazi jamoadoshlarimiz jarohat olgan, ayrimlari kasal bo'lib qolgandi. Ular tezroq safga qaytishsa, albatta, nur ustiga alo nur bo'lardi.

- Futzaldagi faoliyatingiz davomida biror marta 0:0 hisobiga duch kelganmisiz?

- Futbolda bu hisob odatiy. Futzalda esa deyarli ko'rmaysiz. Balki bo'lgandir. Ammo eslay olmadim. Balki bunday hisob bo'lmagandir. Faoliyatim anchagina katta muddatni tashkil qiladi. Bir o'ylab ko'rish kerak.

- Bugungi o'yinni so'nggi yillarda chempionatdagi eng yaxshi o'yin desa bo'ladimi?

- Bunga muxlislar baho bergani yaxshiroq. Biz baho bersak noo'rin bo'lib qolishi mumkin. Ammo fikrimcha, o'yin kutilganidan-da qiziqarli kechdi, deb bemalol ayta olaman.

- Nima deb o'ylaysiz, agarda bugungi o'yinda darvozabonlar boshqa bo'lganida hisob qanaqa bo'lishi mumkin edi?

- Ular nima sababdan milliy termaning posbonlari ekanligini ko'rsatib qo'yishdi. Bahsda darvozabonlarga gap bo'lishi mumkin emas. Ravshan Eliboev va Rustam Umarov kim aslida kim ekanligini isbotlashdi. Ayta olamanki, agarda bahsda darvozalarni boshqa posbonlar qo'riqlaganida bunday hisob bo'lmasdi. Albatta, oldindan hisobni aytib bo'lmasdi. Ammo boshqa posbonlar bo'lganida bunday bosimli o'yinda xato qilishi va gol o'tkazib yuborishi hech gap emasdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика