"Lokomotiv" futbolchilari "Paxtakor-79"ni yod etishdi
11 avg 2019 15:52
Yangiliklar


"Lokomotiv" futbolchilari "Paxtakor-79"ni yod etishdi
Bugun Toshkentdagi Botkin qabristonida har qachongidan odam ko'p bo'ldi. 1979-yil 11-avgust kuni aviahalokat sabab hayotdan ko'z yumgan “Paxtakor” jamoasi azolari xotirasini yodga olish maqsadida juda ko'pchilik tashrif buyurdi.
“Lokomotiv” futbolchilari kecha Termizda Superliga 16-tur doirasida “Surxon” jamoasiga qarshi maydonga tushib, o'yindan keyin poyezdda Toshkentga qaytishdi. Jamoa azolari bugun tushga yaqin poytaxtga yetib kelib, avtobusda to'g'ri Botkin qabristoni tomon yo'l olishdi va “Paxtakor-79” xotirasi uchun yodgorlik poyiga gulchambarlar qo'yishdi. Bugungi tadbirda bir qator sport faxriylari hamda o'zbek futboli rahbarlari ham ishtirok etishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar