“Lokomotiv” futbolchilari bugun tibbiy ko'rikdan o'tishdi
08 iyu 2017 21:05
Yangiliklar
“Lokomotiv” futbolchilari bugun tibbiy ko'rikdan o'tishdi
Oliy Liga musobaqa jadvalida etakchilik qilayotgan “Lokomotiv” jamoasi futbolchilari bugun poytaxtimizda joylashgan Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazida tibbiy ko'rikdan o'tishdi.
Kunning birinchi yarmida o'tkazilgan barcha tekshiruvlar chuqurlashtirilgan tartibda o'tkazildi. Unda terma jamoa ixtiyorida bo'lgan futbolchilarimizdan tashqari qolgan barcha ishtirok etdi. Tibbiy tekshiruv jarayoni ko'ngildagidek o'tdi.
Ertalabda tibbiy ko'rikdan o'tilgani bois kunning birinchi qismida mashg'ulot o'tkazilmadi. Bugun tushdan so'ng jamoamiz yana mashg'ulotlarni davom ettiradi.
Fikrlar