So’nggi yangiliklar

20:52МЮ Гарначони 70 млн фунтга сотишга тайёр. Вингерга кимлар қизиқмоқда?  1 20:44ЖЧ-2026 саралаш босқичи. Ўзбекистон Қатарни йирик ҳисобда мағлубиятга учратди  355 20:17Тарих сизнинг қўлингизда – Ўзбекистон терма жамоаси аъзолари имзолари қўйилган футбол тўпини ютиб олинг!  0 19:48Абрамович футбол клубига эгалик қилишни хоҳламаяпти  1 19:18ЖЧ-2026 саралаш босқичи. Корея Кувайт дарвозасига 4 та тўп киритди  2 18:26Осиё Кубоги-2027 саралаши. Тожикистон Филиппин билан муроса кўчасини танлади  1 17:51ЖЧ-2026 саралаши. Осиё гранди Индонезияни "савалади", Хитой сўнгги дақиқалардаги гол эвазига ғалаба қозонди  4 16:42"Бавария" келгуси мавсум учун уй формасини намойиш этди  4 16:12"Арсенал" футболчисини "Крузейро"га сотди  0 15:38Шомуродовнинг устози Италия терма жамоаси бош мураббийи бўлиши мумкин  5 15:09"Ал Насср" Испания терма жамоаси футболчисига қизиқмоқда  0 14:43Ислом Иномов "Бунёдкор"ни тарк этди  2 14:14Хурсандчиликдан кейинги "бўшлиқ"ни тўлдириши лозим бўлган Кападзе севимли услубига қайтадими?!  30 14:00Тариқ Салмон: "Рақибимиз ўз юртбоши кўз ўнгида мағлуб бўлишни истамайди"  6 13:43"Манчестер Юнайтед" ярим ҳимоячиси жамоани тарк этди  2

“Lokomotiv” Dubayda. Ko'rfaz bo'yida mashg'ulot FOTO Yangiliklar

“Lokomotiv” Dubayda. Ko'rfaz bo'yida mashg'ulot FOTO

Teglar :  Lokomotiv
Dubay aeroportidan tahminan yarim soatlik masofada joylashgan “Kempinski hotel”da “Lokomotiv” futbolchilari bugun o'zlarining uchinchi kunlarini o'tkazishdi.

Taassurotlar ancha yaxshi. SHahar markazidan biroz chetroq bo'lgan Ajmandagi bu mo'jaz mehmonxona osudalikni sevuvchi sayyohlar uchun ayni muddao.

Tashrifning birinchi kunidanoq mashg'ulotga kirishgan jamoa azolari, bugun kechki yig'inni Forz Ko'rfazi qirg'oqlarida olib borishdi. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad ertaga bo'lib o'tadigan o'rtoqlik uchrashuviga tayyorgarlik ko'rishdir. Xabar qilinganidek, 5 fevral kuni “temiryo'lchilar” mahalliy “Al-Urooba” klubi futbolchilarini imtixondan o'tkazishadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 18:15 ga tayin qilingan.

Andrey Miklyaev hamda Mirko Elichich futbolchilar bilan ikki mahaldan mashg'ulot o'tkazishmoqda. Birinchi yig'indan farqli o'laroq, yigitlar tayyorgarlikni stadionning o'zida davom ettirishyapti. Ular jismoniy tayyorgarlikni avvalgisidan anchagina yaxshilab olganliklari tufayli, endilikda to'p bilan ishlash, jamoa o'yin uslubini shakllantirish, turli hil taktik sxemalar ustida ishlash asosiy planga chiqqan. SHuningdek, kechki ovqatdan so'ng yigitlar nazariy mashg'ulotlar uchun to'planishadi.

Quyida sohilbo'yi mashg'ulotlaridan olingan fotosuratlarni taqdim etamiz. Ularda siz futbolchilarning bugungi holatini qisman bo'lsada his qilishingiz mumkin. Ertaga 18:00 dan boshlab esa tvitterdagi rasmiy sahifamiz – @LokomotivUzb’da “Al-Urooba” bilan o'yin tafsilotlarini yozib borishga harakat qilamiz. Bizni kuzatib boring.


4\

5

 6

 8

 9

 12

 7

 11\

13

 1

 10


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика