"Lokomotiv" Denis Korostichenkoni istefoga chiqardi
24 avg 2022 16:17
Yangiliklar
"Lokomotiv" Denis Korostichenkoni istefoga chiqardi
"2021 yilning 15 dekabridan beri «Lokomotiv» asosiy jamoasini bosh murabbiy sifatida boshqarib kelgan Denis Korostichenko klub rahbariyati qaroriga binoan istefoga chiqarildi. SHuningdek, murabbiylar shtabida ishlab kelgan Andrey Miklyaev ham klub tomonidan ishdan bo'shatildi.
Denis Korostichenkoning istefoga chiqishiga «Lokomotiv»ning Superligada ko'rsatayotgan natijalari sabab bo'ldi. Ayni payt «temiryo'lchilar» Superliga 16-tur yakunlariga ko'ra, 17 ochko bilan turnir jadvalida 10-o'rinni egallab turishibdi. «Loko» hisobida 5 g'alaba, 2 durang va 9ta mag'lubiyat bo'lib, to'plar nisbati 13-21 ko'rinish olgan.
Denis Korostichenko bundan buyon «Lokomotiv» bolalar futbol maktabi tizimida faoliyat olib boradi", — deyiladi "temiryo'lchilar" xabarida.
Fikrlar