So’nggi yangiliklar

19:52"Манчестер Сити" собиқ сардори оғир хасталикка чалинди  0 19:30Суперлига. "Хоразм" – ОКМК 0:0 (матнли трансляция)  1 19:23Конате "Реал"нинг асосий трансфер мақсадига айланди  0 19:15Суперлига. "Сўғдиёна" – "Насаф" 0:2 (матнли трансляция)  10 19:00Суперлига. "Бунёдкор" – "Динамо" (матнли трансляция)  13 18:55Артета "Реал"да пайдо бўлиши мумкин! Бунинг учун икки омил тўғри келиши керак  5 17:26ЖЧ-2026да ҳар бир тайм учун мажбурий танаффус жорий этилади  6 16:57Фати "Реал" сафида дебют қилиши мумкин  8 16:29"Барселона" президенти лавозимига номзодлар маълум  5 16:01Витинья кимларни энг кучли ярим ҳимоячилар деб билади?  15 15:33"Роналду эффекти": "Альмерия" Испаниянинг энг оммабоп клублари қаторига кирди  6 15:08Аёллар ўртасидаги Осиё Кубоги. Ўзбекистон Хитойга йирик ҳисобда таслим бўлди  20 14:50"Атлетико" тарбияланувчиси — "Челси" трансфер нишони  0 14:27"Бухоро" "Навбаҳор" устидан ғалаба қозонган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  3 14:12"Хоффенхайм" ҳужумчиси "Барселона"га ўтиши мумкин  1

“Lokomotiv” dastlabki nazorat uchrashuvini o'tkazdi va g'alaba qozondi Yangiliklar

“Lokomotiv” dastlabki nazorat uchrashuvini o'tkazdi va g'alaba qozondi

Teglar :  Lokomotiv
Xabaringiz bor, “Lokomotiv” futbol klubi 12 iyul kuni yozgi o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazish uchun Belorussiya poytaxti Minsk shahriga jo'nab ketgan edi.

Minsk yig'ini davomida kecha temiryo'lchilar Grodno shaxri sharafini himoya qiluvchi “Neman” klubiga qarshi birinchi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.

Uchrashuvning 29-daqiqasida Loko safida ko'rikdan o'tayotgan Sasha Kaykut Zoteevning to'p oshirishidan so'ng hisobni ochgan bo'lsa, 55-daqiqada Sadriddin Abdullaev hisobni 2-0 ko'rinishiga olib keldi. SHundan so'ng "Neman" klubi azosi Aleksandr Poznyak 66-daqiqada oradagi farqni qisqartirishga muvaffaq bo'ldi. O'yinga qo'shib berilgan daqiqalarning birinchisida "Loko" tarkibida ko'rikdan o'tayotgan boshqa legioner serbiyalik Branislav Punoshevac o'z hisobiga gol yozib qo'ydi va shu tariqa Miklyaev shogirdlari 3-1 hisobida g'alaba qozonishdi.

“Temiryo'lchilar” navbatdagi uchrashuvni 19 iyul kuni  “Krumkachi” klubiga qarshi o'tkazadi.

"LOKOMOTIV" - "NEMAN" 3-1
Gollar:
1:0 - Kaykut (29), 2:0 - Abdullaev (55), 2:1 - A.Poznyak (66), 3:1 - Punoshevac (90+1).
Lokomotiv: Ikromov, Mustafoev, Zoteev, Proxorov, Kaykut, Maxaradze, Mirzaev, Kapadze, SHoahmedov, Aliboev, Punoshevac.
Zaxiradagilar: Karimov, Nartojiev, Yanichich, Abdullaev, Ro'ziev, Gevorkyan, Abduxoliqov, Usmonov.

Neman: Kurganskiy, Bebe, Sosnovskiy, Gorbach, Poznyak, Savostyanov, Rudik, Savickiy, Koncevoy, Vaskov, Vergeychik.
Zaxiradagilar: Jurov, Xvalko, Kosminin, Vasilev, Duyshobekov, CHurin, Belov, Andronik, Bombel, Kovalyonok.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика