So’nggi yangiliklar

13:29Эшитдик-да! Кападзе Индонезия терма жамоаси бош мураббийи бўлишга яқин  2 13:12Арне Слот ҳакамлардан норози: "Лайнсмен байроқни кўтариш учун 13 сония вақт сарфлади"  0 12:45Фердинанд МЮ натижасига катта ҳисса қўшаётган 3 футболчини ажратиб кўрсатди  1 12:07"Челси" "Реал" ортга қайтаришни хоҳлаётган истеъдодга эътибор қаратди  2 11:40Нагельсманн Германиянинг ноябрь ойидаги йиғинидан тажриба майдони сифатида фойдаланиш ниятида эмас  0 10:49АПЛнинг ўртамиёна жамоаси "Барселона" футболчисига 80 миллион евро беришга тайёр  4 10:00Стивен Жеррард Чемпионшип жамоасини бошқариши мумкин  2 09:32"Реал" Винисиусга нарх қўйди  14 09:07Лионель Месси: "Умид қиламанки, қачондир қайтаман"  4 08:41Италия МТЖ собиқ мураббийи "Ал Садд" бош мураббийи бўлади (Фабрицио Романо)  2 08:16Футзал. Бугун бронза учун майдонга тушамиз  0 07:50U-17 Жаҳон чемпионати. Осиёнинг иккита жамоаси плей-оффда. Кечаги кун натижалари билан танишинг  1 07:18U-17 Жаҳон чемпионати. Бугун бизни гуруҳдаги ҳал қилувчи учрашув кутиб турибди  14 01:19МЛС клублари лигага Неймар келишини хоҳлашмаяпти, улар бразилияликни "бош оғриғи" сифатида кўришмоқда  8 00:46Родриго “Реал”даги ролидан тобора норози бўлмоқда ва январда клубни тарк этиши мумкин  0

"Lokomotiv" - "Bunyodkor" uchrashuvi nazoratchisi chetlatildi, Kovalenko esa ogohlantirilgan Yangiliklar

"Lokomotiv" - "Bunyodkor" uchrashuvi nazoratchisi chetlatildi, Kovalenko esa ogohlantirilgan

"Lokomotiv" klubi rasmiy saytida Valentin Kovalenkoni 4 ta o'yinga diskvalifikaciya qilinganligi to'g'risida xabar chiqqan edi.
Bugun Kovalenkoga hech qanday chetlatish berilmaganligi va "Lokomotiv" - "Bunyodkor" uchrashuvi nazoratchisi G'ayrat Karimovni hakamga yuqori ball qo'yganligi uchun 4 ta o'yinga chetlatish olganligi haqida xabardor bo'ldik. Takidlash joizki, Karimov o'yinda Valentin Kovalenkoga 8.5 ball qo'ygan edi. Ish qayta ko'rib chiqilganidan keyin hakamning bali 6.5 ga tushirilgan. Bunga sabab, "Bunyodkor" futbolchisini ikkinchi bo'limda amalga oshirgan jarima zarbasidan keyin, to'p "Lokomotiv" himoyachisining qo'liga tekkanligidir. SHu vaziyat uchun hakam "Lokomotiv" darvozasi tomon penalti belgilashi lozim bo'lgan.

Ushbu vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida, PFL hakamlar departamenti bo'lim boshlig'i Bobur Haydarovga murojaat qildik.

"Lokomotiv" saytidagi xabar xato. Bilmadim, kim bu xabarni saytga joylashtirdi ekan. Haqiqatdan ham, nazoratchiga 4 ta o'yinlik diskvalifikaciya tayinlandi. SHu bilan birga bosh hakam va nazoratchining o'yinga belgilangan pulidan 25 foiz miqdorda ushlab qolindi. Kovalenko esa jiddiy tarzda ogohlantirildi. Hozircha u keyingi tur o'yinlariga tayinlanmay turadi. Uning ishi qayta ko'rib chiqiladi", - deydi Bobur Haydarov "SA"ga bergan intervyusida.

P.S: PFL reglamentiga ko'ra, uchrashuv bosh hakami 1 200 000, nazoratchi esa 500 000 so'm pul oladi. Demak, Valentin Kovalenko 300 000, G'ayrat Karimov esa 125 000 so'm jarimaga tortilgan.

Eslatib o'tamiz, ayni paytda Valentin Kovalenko o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida ishlayapti. Bugungacha u ikkita o'yinni boshqarishga muvaffaq bo'ldi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика