So’nggi yangiliklar

14:02U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди  5 13:33Луис Диас "Бавария"га ўтиш арафасида: клублар музокараларга киришмоқда  4 13:06"Спортинг" Гёкерешни Суарес билан алмаштирмоқчи  2 12:39Файзуллаевнинг мураббийи: "Аббос ўзи учун тўғри қарор қабул қилади"  2 12:18Марко Верратти Қатарда жамоасини ўзгартирди  0 11:50"Комо" таркибни кучайтиришда давом этади. А Серия клуби "Селтик" юлдузини 19 млн еврога сотиб олмоқчи  4 10:50Ўзбекистон МТЖ аъзосига Туркия клуби қизиқиш билдирмоқда  4 10:24Мусиала операция қилинди  7 09:53“Навбаҳор“ футболчиси ОКМКга ўтди  4 09:22“Пахтакор“ вингери фаолиятини “Андижон“да давом эттиради  9 08:51Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Японияга қарши баҳс олиб боради  6 08:20“Пахтакор“ Муҳаммадали Ўринбоевнинг трансферидан қанча ишлаб олди?  10 08:00Суперлига-2025. “Нефтчи” - “Хоразм” 2:0  0 07:48Анхель Ди Мария янги жамоаси билан шартнома имзолади  0 01:12Суперлига-2025. Биринчи давранинг эсда қоларли лаҳзалари  1

“Lokomotiv” bugun o'z uyida “SHo'rtan”ni qabul qiladi Yangiliklar

“Lokomotiv” bugun o'z uyida “SHo'rtan”ni qabul qiladi

Teglar :  LokomotivSHo'rtan
Bugun Oliy Ligada 20-tur uchrashuvlari davom ettiriladi.

Kun doirasidan 3 ta bellashuv o'rin olgan bo'lib, ulardan eng qiziqarli hamda murosasiz ruhda o'tishi kutilayotgan matchlardan biri poytaxtimizdagi “Lokomotiv” stadionida bo'lib o'tadi. Unda Oliy Liga musobaqa jadvali karvonboshisi “Lokomotiv” G'uzorning “SHo'rtan” jamoasini qabul qiladi.

8 sentyabr, juma
Lokomotiv (Toshkent) – SHo'rtan (G'uzor)
Hakamlar:
A. Risqullaev (Toshkent), A. Sidorov (Toshkent), D. Saylalov (Toshkent), D. Jalimov (Toshkent vil.)
Nazoratchi: R. Aytekov (Toshkent).
O'zPFL vakili: F. Magametov.


“Lokomotiv” “SHo'rtan”dan revansh ola biladimi?

Qayd etish joizki, bugungi bellashuv “temiryo'lchilar” jamoasi uchun principial ahamiyatga ega. Zero O'zbekistonning amaldagi chempioni joriy mavsumni juda ko'tarinki ruhda o'tkazmoqda. Lekin jamoa milliy chempionatimizda 2 ta bellashuvni kutilmaganda boy berib qo'ydi. Ulardan biri aynan G'uzorda “SHo'rtan” bilan bo'lgan matchda qayd etilgandi.

Birinchi davra doirasida kechgan bellashuvda “oq bo'rilar” kutilmaganda “Loko” futbolchilarini 2 ta to'p farqi bilan mag'lub etishgandi. Bugun esa “Lokomotiv” futbolchilari o'sha kungi mag'lubiyat tasodif ekanini isbotlash uchun urinib ko'rishadi.



Jamoalarning o'zaro uchrashuvlari tarixi haqida


Takidlash kerakki, “Lokomotiv” hamda “SHo'rtan” jamoalari shu paytga qadar ichki chempionatimiz doirasida 21 marta o'zaro bahs olib borishgan. Qiziqarli tarzda o'tgan bellashuvlar tarixidagi ustunlik “temiryo'lchilar” jamoasi tarafida.

“Lokomotiv” o'zaro o'yinlarning 10tasini o'z foydasiga hal etgan. Mehmonlar esa 8 ta uchrashuvda g'olib chiqishgan. Yana 3 ta bellashuvda g'olib nomi aniqlanmagan, durang natija qayd etilgan.

Vakillarimiz g'uzorliklar darvozasini umumiy hisobda 39 marta ishg'ol etib, 20 bor to'p o'tkazib yuborishgan. “Loko” ushbu raqib ustidan yirik hisoblarda ko'p bor g'alaba qozongan. Ayniqsa, jamoamiz ikki marta 4:0 hisobida g'alabaga erishgan. “SHo'rtan”ning “Loko” ustidan qozongan eng yirik hisobdagi g'alabasi – 2:0 sanaladi.

Yoshlar Ligasi:

Kecha jamoalarning yoshlar tarkiblari o'zaro bahs olib borishdi. Anchagina murosasiz ruhda o'tgan o'yinda mehmonlar kichik hisobda g'alabaga erishishdi.



Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика